Bahodir Jalolovning avtomobiliga 2 ming dollardan qimmat raqam sovg‘a qilindi

Sport

image

Joriy yilning sentyabr oyida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tgan boks bo‘yicha yubiley 20-jahon chempionatida +91 kg vazn toifada ishtirok etib, oltin medal bilan qaytgan bokschi Bahodir Jalolovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi – Malibu avtomobili sovg‘a qilingan edi. 

Bahodir Jalolovning yangi avtomobili uchun yangi eksklyuziv avtoraqam 01 B007JA sovg‘a qilindi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilib, “Sovg‘a uchun rahmat” deb izoh yozib qoldirgan, ammo sovg‘a muallifini ochiqlamagan. 

Gap shundaki, ushbu avtoraqamning nafaqat raqamlari chiroyli, balki harflari ham sportchining ism-familiyasi bosh harflarini anglatadi. Avtoraqamlar onlayn auksionida esa bunday raqamlarning boshlang‘ich narxi 22 300 000 so‘mni tashkil etmoqda. 

Darvoqe, Bahodir Jalolovga Prezident sovg‘asi – Toshkent shahri Qori Niyoziy ko‘chasida joylashgan uy-joylardan biri ham topshirilgan edi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan 200 000 000 so‘m pul mukofot ham topshirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Bahodir Jalolov

Baholaganlar

765

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing