O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiylari XOQ prezidenti bilan uchrashdi

Sport

−

image

Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov hamda World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi byurosi a’zosi, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Aychi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlari doirasida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Kirsti Koventri hamda qator nufuzli xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotlar davomida xalqaro sport hamjamiyati doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash, sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda yirik xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Yaponiyaning Aichi-Nagoya-2026 shaharlarida Osiyo o‘yinlarida bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 8 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronza jami 34 ta medal bilan umumjamoa reytingida O‘zbekiston 4-o‘rinda bormoqda. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing