O‘zbekiston delegatsiyasi Paraosiyo o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashdi

Sport

−

image

Kecha, 18 oktyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi “Paloma Mizuxo” stadionida V yozgi Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Musobaqani Yaponiya imperatori Naruxito rasman ochiq deb e’lon qildi. Tantanali marosimda 45 ta mamlakatdan kelgan qariyb 4 ming nafar sportchi va rasmiy ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev va boshqa rasmiylar ham qatnashgan.

O‘zbekistonlik parasportchilar bu gal ilk bor para qilichbozlik, bochcha va para kamondan otish musobaqalarida ham ishtirok etadi.

V Paraosiyo o‘yinlarida 18 ta sport turi bo‘yicha 492 ta medallar jamlanmasi uchun bahslar o‘tkaziladi. Musobaqalar joriy yilning 24 oktyabrga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Ularning 77 nafari, ya’ni 52 foizi ayollardir. Bu ko‘rsatkich Xanchjouda 2022 yilda o‘tkazilgan Paraosiyo o‘yinlaridagi delegatsiyaga nisbatan qariyb 1,5 baravar ko‘p.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing