Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq “yer tishlatdi” (video)

Sport

image

Bugun, 27 avgust kuni AQSHning Oklaxoma shtatida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov nigeriyalik Onorede Ehvaremega qarshi ringga ko‘tarildi. 

Boks oqshomining birinchi raundidayoq Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratib, g‘alaba qozondi.

Bu Jalolovning professional boksdagi o‘n uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha tunda vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tgandi. Unga ko‘ra, Jalolov 114 kilogramm, Ehvareme esa 102 kilogramm vazn ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonlik bokschi professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan. Bahodirning so‘ngi jangi amerikalik Kyortis Harperga qarshi bo‘lib o‘tgan va unda o‘zbekistonlik bokschi 4-raunddayoq raqibini “yer tishlatgan”. Ehvareme esa faoliyati davomida 22 marta ringga ko‘tarilib, undan 20 tasida g‘alaba qozongan va 2 ta jangida raqiblariga imkoniyatni boy bergan.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik bir guruh taqdirlangan sportchi va murabbiylar qatorida Bahodir Jalolovni ham “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan mukofotlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Onorede Ehvareme

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing