Prezident Bahodir Jalolov va Abbosbek Fayzullayevni mukofotladi

Sport

image

Bugun, 25 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha Jahon chempionlari Bahodir Jalolov, Abdumalik Haloqov, Hasanboy Do‘smatov va boshqalarni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni hamda futbol bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va boshqalarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun davlat rahbari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan. Unga ko‘ra, quyidagilar mukofotlangan:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

  • Abdullayev Ruslan Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Do‘smatov Hasanboy Ma’rufjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Turaboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Haloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Abdullayev A’loxon Ayyubxon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Baratov Dilshodbek Baxtiyor o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Boymurodov Otabek Odiljonovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi;
  • Jabborova Tursunoy Valijon qizi - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Jafarov Saidjamshid Rustam o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Jo‘rayev Oybek Odilbek o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Yo‘ldoshev Murodjon Quvondik o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Rahmonaliyev Umarali Mahamadali o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi;
  • Fayzullayev Abbosbek Sayidjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Husanov Abduqodir Hikmatjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Yusupov Alisher Halimboyevich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

Maqola muallifi

Teglar

Prezident Bahodir Jalolov Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing