“Avtoritetlar ovi”: Farg‘onada 25 nafardan ortiq shaxs qo‘lga olindi
3-sahifa
−
11 dekabr 2023
12611Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirda 96 ta jinoyat aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan. Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida qo‘lga olinib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yarog‘lar, 221 ta o‘q-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Misol uchun Toshloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro o‘z xonadonida 8 dona jangovar ov quroli o‘q dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar o‘q-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelingani aniqlangan.
Shuningdek, joriy yilning 9 dekabr kuni muqaddam Jinoyat kodeksining 164-, 165-, 166- hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Marg‘ilon shahar Guliston mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan, tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor B.Hamidov shaxsga og‘ir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurgani aniqlanib ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, shu kungacha Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida ham tezkor profilaktik tadbirlar doirasida jinoyatchilikda gumonlangan shaxslar ushlangandi.
LiveBarchasi