Atamboyev ortidan o‘g‘illari ham IIVga olib kelindi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘illari Seyidbek, Qodirbek vaTemirlan Sultonbekovni bugun, 10 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligiga olib kelindi.ular Bishkekda ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha ochilgan jinoyat ishida guvohlik berishga chaqirilgan. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

“9 oktyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar Jinoyatlar va qonunbuzarliklar yagona reyestrida “Ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish” moddasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Jinoyat ishini tergov qilish doirasida Temirlan Sultonbekov, Seyidbek Atamboyev, Qodirbek Atamboyev va Almazbek Atamboyevning haydovchisi Anvar Armatov Ichki ishlar vazirligiga guvoh sifatida olib kelindi. Ayni paytda Qodir va Seyid Atamboyev uylariga qo‘yib yuborildi”, deyilgan IIV xabarida.

Avvalroq, Almazbek Atamboyev Bishkekda tartibsizlik uyushtirishga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi. 

Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.

Prezident Sooronbay Jeenbekov yuz berayotgan tartibsizliklar bo‘yicha bayonot berib, ba’zi siyosiy kuchlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga uringanini aytib o‘tdi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Hozirgacha Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Dastan Jumabekov va mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi. Ularning o‘rniga muxolifat vakillari tayinlandi.

O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘izistonda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirib, jiddiy tashvishda ekanini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing