Artilleriya hujumlari natijasida 16 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi – Baku
Olam
−
01 Oktabr 2020
6237Joriy yilning 27 sentyabridan buyon Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasida boshlangan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 16 nafar ozarbayjonlik qurbon bo‘ldi, 55 kishi jarohatlandi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
"Armaniston qurolli kuchlari tomonidan artilleriya hujumlari natijasida Ozarbayjon aholisi zich joylashgan hududlarda 16 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi va 55 kishi yaralandi", deyiladi Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabarida.
Prokuratura xabariga ko‘ra, 163 ta turar-joy binolari va 36 ta fuqarolik ob’ektlariga jiddiy zarar yetkazilgan.
"Hozir prokuratura jangovar sharoitlarda barcha mumkin bo‘lgan tergov va tezkor tadbirlarni olib bormoqda", deyiladi xabarda.
Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.
Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.
Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi.
LiveBarchasi