Armaniston turk uchuvchilari muloqotini “tutib olgani”ni ma’lum qildi

Olam

image
Armaniston Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda north_east

Armaniston Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Turkiya samolyotimizni urib tushirdi – Armaniston Anqarani ayblab, Kremlga shikoyat qilmoqchi north_east

Turkiya samolyotimizni urib tushirdi – Armaniston Anqarani ayblab, Kremlga shikoyat qilmoqchi

Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar hududida turkiyalik uchuvchilarning o‘zaro muloqoti yozuvini qo‘lga kiritgan. Bu haqda arman harbiy idorasi vakili Arsrun Ovannisyan Facebook`dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon harbiy havo kuchlari Turkiyaning uchuvchisiz uchish qurilmalari va F-16 qiruvchi samolyotlari yordamida Tog‘li Qorabog‘ga tutash hududlarga aviazarbalar bermoqda. Ovannisyaning ta’kidlashicha, Ozarbayjon kuchlari havo hujumidan mudofaa vositalari ta’sir zonasiga kirmayapti.

Yaqinda Armaniston Mudofaa vazirligi Turkiyaning F-16 qiruvchisi o‘zining Su-25 samolyotini urib tushirganini iddao qilgandi. Vazirlik matbuot kotibi Shushan Stepanyan Turkiya qiruvchisi Ozarbayjonning Ganja shahridan havoga ko‘tarilgani haqida xabar qilgan.

Turkiya esa ushbu ma’lumotlarni rad etgan, Ozarbayjon esa Su-25 urib tushirilganini Armaniston xayoloti mahsuli ekanligini qayd etar ekan, mamlakat nafaqat F-16, balki umuman harbiy aviatsiyadan foydalanmayotganini bildirdi.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ayni vaqtda aksariyat mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ikki tarafdan o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatib, muzokaralar stoliga qaytishni so‘ramoqda. 

Haitboy Hasanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing