Turkiya samolyotimizni urib tushirdi – Armaniston Anqarani ayblab, Kremlga shikoyat qilmoqchi

Olam

image

Armaniston Mudofaa vazirligi Turkiya Armaniston Qurolli kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirganini iddao qilib chiqdi.

Arman tomonining ma’lumotiga ko‘ra, Su-25 samolyoti Armaniston havo hududida Turkiyaning F-16  qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilgan.

Bunga javoban Armaniston o‘zi a’zo bo‘lgan Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotiga murojaat qilish niyatida. Bu haqda Armanistonning Rossiyadagi elchisi ma’lum qildi.

Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti boshida esa Rossiya turadi. Unga shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus a’zo.

Rasmiy Anqara Yerevanning turk qiruvchisi Armaniston Qurolli kuchlari samolyotini urib tushirgani haqidagi ayblovini rad qildi.

Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Adtun “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida Yerevanning bayonoti mutlaqo noto‘g‘ri ekanini e’tirof etgan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ham Turkiyaning F-16 qiruvchisi Armaniston Harbiy havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirmaganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Armaniston ham 4 nafar tinch ahvoli vakillari qurbon bo‘lganini aytib chiqqandi. Keyinroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hujumlarda 10 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ayni vaqtda aksariyat mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ikki tarafdan o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatib, muzokaralar stoliga qaytishni so‘ramoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

483

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing