“Men ham ukrainaliklar uchun duo qilyapman”. Anjelina Joli ukrainalik qochqinlarga “borini berishga” tayyorligini aytdi

Olam

image

20 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha "yaxshi niyat" elchisi bo‘lib kelayotgan Anjelini Joli Instagram'dagi sahifasi orqali u va uning BMTdagi hamkasblari (Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi) allaqachon Ukrainaga hujumdan aziyat chekayotgan odamlar va qochqinlar muammosi bilan shug‘ullanishni boshlaganini e’lon qildi. Jumladan u o‘z sahifasida shunday yozadi: 

“Ko‘pchiligingiz kabi, men ham ukrainaliklar uchun duo qilyapman. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasidagi hamkasblarim va men evakuatsiya qilinganlar, qochqinlarning himoyasi va asosiysi, inson huquqlarini ta’minlash uchun barcha narsani qilishga e’tibor qaratyapmiz”, deb yozadi Joli. 

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi vaziyat qanday tus olishini aytishga hali erta.

“Qurbonlar va odamlar xavfsizlik izlab uylarini tark eta boshlagani haqidagi xabarlarni ko‘rdik. Nima bo‘lishi mumkinligini aytishga hali erta, ammo hozir Ukraina xalqi va xalqaro huquq uchun juda ham muhim jarayon yuz bermoqda”, deydi  Anjelina Joli.

Aktrisa 2001 yilda Kambodjada bo‘lib o‘tgan suratga olish jarayonida ko‘ngillilikka qiziqib qoldi. Aktrisa BMTning Qochqinlar bo‘yicha komissiyasiga murojaat qildi va 2001 yil fevral oyida Syerra-Leone va Tanzaniyaga birinchi gumanitar sayohatiga jo‘nadi.  Keyinchalik Joli insonparvarlik missiyasi bilan Keniya, Tailand, Ekvador, Sudan, Kosovo, Angola, Shri-Lanka, Iordaniyadagi Iroq qochqinlar lagerlari va Shimoliy Kavkazga tashrif buyurdi. 

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib bordi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

37

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing