Andijonning yangi hokimi Bahrom Haydarov hibsdaligida qabul qilingan qarorlarning ishini bitirdi
Jamiyat
−
20 iyun 2022
12690Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarovning hibsga olinganidan keyin qabul qilingan qaror va farmoyishlari bekor qilindi. Shaharning yangi hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov tegishli qarorni imzoladi.
Abdurahmonovning qarori bilan Andijon shahar hokimining 2022 yil 21 apreldagi 99-1-29-Q/22-sonli, 2022 yil 17 maydagi 135-1-29-Q/22-sonli, shuningdek 2022-yil 6-7 iyun kunlari qabul qilingan 159-1-29-Q/22, 160-1-29-Q/22, 161-1-29-Q/22, 162-1-29-Q/22, 163-1-29-Q/22, 164-1-29-Q/22, 165-1-29-Q/22, 166-1-29-Q/22, 167-1-29-Q/22, 168-1-29-Q/22, 169-1-29-Q/22, 170-1-29-Q/22, 171-1-29-Q/22, 172-1-29-Q/22, 173-1-29-Q/22, 174-1-29-Q/22, 176-1-29-Q/22, 177-1-29-Q/22, 178-1-29-Q/22, 179-1-29-Q/22, 180-1-29-Q/22, 181-1-29-Q/22, 182-1-29-Q/22, 183-1-29-Q/22, 184-1-29-Q/22-sonli qarorlari hamda 89-1-29-F/22, 90-1-29-F/22 va 91-1-29-F/22-sonli farmoyishlari qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilinganligi sababli bekor qilinindi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov joriy yilning 6 iyun kuni qamoqqa olindi. U jinoiy sheriklari bilan 48 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Uning ortidan Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ham hibsga olindi.
Aytish joizki, dastlab Bahrom Haydarov davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so‘m zarar yetkazishda gumonlangandi. Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida joriy yilning 3 fevral kuni deputat va hokimni tergovga jalb qilish maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida Bahrom Haydarov hokimiyat huzuridagi Yer maydonlarini ajratish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya a’zolari bilan guruhda Yer kodeksining 17, 23, 62-moddalari, qolaversa, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmoyishlariga zid ravishda jismoniy va yuridik shaxslarga auksion orqali o‘zining vakolatidan qasddan foydalanib, yer maydonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilishi haqida mutasaddi mansabdorlarga ko‘rsatma bergani aniqlangan.
Bahrom Haydarov aslida bekor qilingan hujjatlarni asos qilib ko‘rsatgan holda, komissiya dalolatnomalari va yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlariga soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritib, 2019-2020 yillarda yer maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi qaror va farmoyishlarni qabul qilgan.
Keyinroq Bosh prokuratura Bahrom Haydarov Andijon shahar moliya bo‘limida ishlagan vaqtida 48 mlrd mablag‘larni talon-toroj qilishda gumonlanayotganini ma’lum qildi. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishida 37 nafar shaxs ayblanib ulardan 32 nafari hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, Andijon shahriga joriy yilning 14 iyun kuni G‘ofurjon Abdurahmonov hokim etib tayinlandi.
LiveBarchasi