Andijon shahrining sobiq hokimi qamoqxonada vafot etdi

3-sahifa

image

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Haydarovda jiddiy kasallik aniqlangan. Uning janozasi bugun, 5 mart kuni Andijon shahridagi xonadonida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Bahrom Haydarov  2022 yilning iyun oyida davlat mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. U Andijon shahar moliya bo‘limida ishlagan vaqtida 48 mlrd mablag‘larni talon-toroj qilgan. Tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Bahrom Haydarov hokim sifatida ham yer ajratish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirgani ma’lum qilingan.

2022 yilning dekabr oyi oxirlarida Bahrom Haydarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Bahrom Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing