Sobiq hokimning qamoqxonada vafot etishi yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlandi
3-sahifa
−
05 mart
3408610 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarovning jazoni ijro etish muassasasida vafot etgani Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganildi. Bu haqda Ombudsmanning rasmiy sahifasida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, marhum Haydarov respublikada yagona hisoblanuvchi mahkumlarni davolashga mo‘ljallangan Toshkent shahrida joylashgan 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada (MUIK) jazo muddatini o‘tayotgan, ya’ni davolanayotgan bo‘lgan.
Bildirilishicha, ushbu shifoxona mingdan ortiq mahkumni davolashga ixtisoslashgan bo‘lib, 200 ga yaqin shifokor va feldsherlar xizmat olib boradi. Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan mazkur shifoxonaga monitoring tashriflari amalga oshirib kelingan, shifoxona hududida o‘rnatilgan “Ombudsman qutisi”ga kelib tushgan murojaatlar doimo ish yurituviga olingan.
“MUIK tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, marhum Haydarov “Yurak ishemik kasalligi zo‘riqish stenokardiyasi FS-III, IKKS (2022 yil mart). Koronar qon tomirlar stentlash operatsiyasidan keyingi holat (2022 yil aprel). Gipertoniya kasalligi III bosqich. Arterial gipertenziya-III. Xavf-IV (o‘ta yuqori)” tashxisi bilan 2024 yil 5 mart kuni soat 00:15 larda kasalxonaning terapiya bo‘linmasida vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Ushbu holat haqida shifoxona rahbariyati tomonidan maxsus prokurorga va Jazoni ijro etish departamentiga ma’lumot hamda marhumning yaqin qarindoshlariga xabar berilgan. Maxsus prokuratura tomonidan sud-tibbiy ekspertlar jalb qilingan holda tekshiruv o‘tkazilgan. Shu kuni soat 8:30 larda marhum o‘g‘li va qudasi tomonidan olib ketilgan.
“Shu kuniyoq Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari va yaqinlari bilan suhbatlashdi. Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bahrom Haydarov qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotgan paytida jiddiy kasalliklar bilan og‘rigani, koloniya boshlig‘i Haydarovning sog‘ligi yomonlashgani sababli uni Jinoyat kodeksining 75-moddasiga asosan, jazoni o‘tashdan ozod qilish haqida sudga taqdimnoma bergani, biroq sud buni rad etgani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi