Amerikalik jurnalist Rossiyada 20 yilga qamalishi mumkin

Olam

image

Moskva shahar sudi “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichning hibsga olinishi bo‘yicha shikoyatni rad etdi va hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda “Mediazona” xabar berdi

Qayd etilishicha, josuslikda ayblanib, hibsga olingan jurnalistning apellyatsiya shikoyati rad etilib, tergov yakuni va sudga qadar hibsda saqlanishi ma’lum qilingan. 

Gershkovichning aybi isbotlansa, u 20 yilgacha qamalishi mumkin. Rossiyalik huquqshunosning aytishicha, josuslik ishlari bo‘yicha o‘tmishdagi tergovlar 1 yildan 18 oyga qadar cho‘zilgan va bu vaqt ichida ayblanuvchilar tashqi dunyo bilan deyarli aloqada bo‘lmagan. 

Ma’lumot uchun, 31  yoshli Evan Gershkovich shu yilning mart oyida Yekaterinburgda Rossiya qurol-yarog‘ zavodi haqidagi maxfiy ma’lumotlarni olishga uringanlikda ayblanib, hibsga olingan. U Sovuq urushdan buyon rossiyada josuslikda ayblanib, qamalgan yagona jurnalist bo‘lib turibdi. 

Evanning o‘zi, “The Wall Street Journal” jurnali va AQSH hukumati ayblovlarni rad etib, uni ozod qilishni talab qilmoqda.

“Evan erkin matbuot a’zosi bo‘lib, u hibsga olinguniga qadar yangiliklar yig‘ish bilan shug‘ullangan. Boshqa har qanday ayblovlar yolg‘ondir”, deyiladi jurnal bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, WSJ va AQSH hukumati bu ayblovlarni rad etgan, davlat departamenti esa Rossiyadagi amerika fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqirgandi. 2 aprel kuni esa AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali gaplashib, jurnalistni ozod etishni talab qildi. 10 aprel kuni AQSH Davlat departamenti “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni nohaq hibsga olingan, deb e’lon qildi va mazkur qadam jurnalistni almashish bo‘yicha muzokaralar olib borishga potensial yo‘l ochishi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Evan Gershkovich Amerikalik jurnalist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing