FXX “The Wall Street Journal” jurnalistini josuslikda ayblab hibsga oldi

Olam

image

Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati (FXX) Yekaterinburgda “The Wall Street Journal” gazetasi muxbiri Evan Gershkovichni josuslikda gumon qilib hibsga oldi. Bu haqda FXXning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi. 

“Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasining Moskvadagi byurosi muxbiri, Rossiya TIVda akkreditatsiyadan o‘tgan 1991 yilda tug‘ilgan, AQSH fuqarosi Evan Gershkovichning AQSH hukumati manfaatlarini ko‘zlab josuslikda gumon qilinayotgan noqonuniy faoliyatini to‘xtatdi”, deyiladi rasmiy xabarda. 

Iddao qilinishicha, Evan Gershkovich Amerika tomonining ko‘rsatmasi bo‘yicha Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagan.  

“Maxfiy ma’lumotlarni olishga urinayotganda, Yekaterinburgda chet el fuqarosi qo‘lga olindi”, deyiladi FXX bayonotida. 

Holat bo‘yicha Rossiya FXXning Tergov departamenti AQSH fuqarosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (josuslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Jurnal o‘z muxbiri Evan Gershkovichning Yekaterinburgda josuslikda gumonlanib hibsga olinishidan xavotir bildirdi. 

“The Wall Street Journal” janob Gershkovichning xavfsizligidan chuqur xavotir bildiradi”, deydi tahririyat bugun, 30 martdagi kungi bayonotida. 

Nashrning ta’kidlashicha, Gershkovich “The Wall Street Journal” gazetasining Moskva byurosida ishlaydi va Rossiyadagi voqealarni yoritib boradi. 


Maqola muallifi

Teglar

FXX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made