FXX rahbari Putinga 11 kishi qo‘lga olinganini aytdi

Olam

image

Rossiya Fideral Xavfsizlik Xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga 11 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov Prezident Vladimir Putinga 11 kishi, jumladan, "Krokus Siti Holl"dagi teraktga bevosita aloqador bo‘lgan 4 nafar terrorchi hibsga olingani haqida ma’lum qildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bortnikov, shuningdek, Putinga FXXning teraktni sodir etganlarning sheriklarini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari haqida hisobot bergan.

Eslatib o‘tamiz, "Krokus Siti Holl"da otishma sodir etganlikda gumonlangan olti nafar terrorchidan to‘rttasining shaxsi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

FXX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing