AQSH Bosh konsulligining sobiq xodimi “shpion”lik qilganini tan oldi

Olam

image

AQSHning Vladivostokdagi bosh konsulligining sobiq xodimi Robert Shonov amerikalik diplomatlar topshirig‘i bilan “maxsus harbiy operatsiya” jarayoni haqida ma’lumot yig‘ishda aybini tan oldi. Bu Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan tarqatilgan rossiyalikni so‘roq qilish vaqtidagi videoda o‘z isbotini topgan.  

Shonovning so‘zlariga ko‘ra, unga AQSH elchixonasi xodimlari murojaat qilgan.  

“Ular hozirda Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan shov-shuvli voqealar – “maxsus harbiy operatsiya”, safarbarlik, bo‘lajak prezidentlik saylovlari, yangi hududlarni qo‘shib olish haqida ma’lumot to‘plashga qiziqish bildirdilar. Men bu voqealar haqida salbiy ma’lumotlarni to‘plashim, aholi orasida norozilik kayfiyatini izlashim va hisobotlarimda aks ettirishim kerak edi”, deydi u. 

Bundan tashqari, AQSH elchixonasining birinchi kotibi Shonovga AQSHga sodiq jurnalistlar, biznesmenlar va siyosatchilarni qidirish vazifasini qo‘ygani aytilmoqda. 

Bugun, 28 avgust kuni Rossiya FXX jamoatchilik bilan aloqalar markazining ma’lum qilishicha, Shonovga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 275.1-moddasi (xorijiy davlat bilan maxfiy asosda hamkorlik qilish) bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyaning borishi to‘g‘risida AQSH uchun ma’lumotlar yig‘ish aybi qo‘yilgan. FXX ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil sentyabridan hibsga olingan vaqtgacha Shonov moddiy mukofot uchun AQSHning Moskvadagi elchixonasining siyosiy bo‘limi Jeffri Sillin va Devid Bernshteynning topshiriqlarini bajargan. Razvedka xizmati ushbu diplomatlarni so‘roq qilish rejalashtirilganini va tegishli chaqiruv qog‘ozlari AQSHning Moskvadagi elchixonasiga yuborilganini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya FXX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing