Rossiya amerikalik jurnalistning qamoq muddatini yana uzaytirdi
Olam
−
28 noyabr 2023
4763Moskvaning Lefortovo sudi josuslikda ayblanayotgan “The Wall Street Journal” gazetasi Moskva byurosi muxbiri Evan Gershkovichni hibsda qolish muddatini yana uzaytirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Sudning 28 noyabrdagi qarori bilan Gershkovich Evanga nisbatan hibsda saqlash muddati ikki oyga, jami 10 oygacha, ya’ni 2024 yil 30 yanvarigacha uzaytirildi”, deyiladi sud xabarida.
Sud majlisi tinglovchilar uchun yopiq tarzda o‘tkazilgan, chunki ish materiallari "davlat siri" toifasiga kiradi.
Ma’lumot uchun, bu Gershkovich qamoq muddatining birinchi marta uzaytirilishi emas. Avgust oyida jurnalistni hibsda saqlash muddati uch oyga, ya’ni 2023 yilning 30 noyabrigacha uzaytirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 martida Gershkovich Yekaterinburgda josuslikda ayblanib, hibsga olingan edi. U Sovet davridan beri Rossiyada hibsga olingan birinchi G‘arb jurnalisti bo‘ldi. U 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Amerika hukumati Gershkovichning hibsga olinishini noqonuniy deb atadi va uning ozod etilishini talab qilishlariga ishontirdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15