AQSH va Ukraina Saudiyada muzokara o‘tkazadi

Olam

image
AQSH va Rossiya Ar-Riyodda nimalarga kelishib oldi? north_east

AQSH va Rossiya Ar-Riyodda nimalarga kelishib oldi?

AQSH Prezidenti Donald Trampning vakillari joriy yil 12 mart kuni Ukraina delegatsiyasi bilan Saudiya Arabistonida uchrashadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Axios” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, uchrashuv bo‘yicha kelishuv joriy yilning 5 mart kuni AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts va Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida erishilgan.

Uchrashuvning asosiy mavzusi Ukraina urushi va yaqinda AQSHning Rossiya bilan bo‘lgan aloqalaridan keyin amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qadamlar bo‘ladi. Muzokaralarning tafsilotlari hali oshkor etilmagan, ammo nashrning yozishicha, bu uchrashuv tinchlikni tartibga solish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 6 mart kuni Saudiyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda tomonlar potensial tinchlik shartnomasi va vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish mexanizmini kelishib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

“Biz Ukraina vakillari bilan uchrashuvni Ar-Riyodda yoki, ehtimol, Jidda shahrida o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqdamiz”, deydi Uitkoff.

Shuningdek, u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning 28 fevralda Oq uydagi muvaffaqiyatsiz uchrashuvdan so‘ng Donald Trampga yuborgan xatini “birinchi ijobiy qadam” deb atagan.

“Fox News” muxbirining xabar berishicha, Saudiya Arabistondagi muzokaralarda AQSH delegatsiyasining tarkibida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Maykl Uolts ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Oq uyga borib, Donald Tramp bilan uchrashgan edi. Biroq uchrashuv davomida Prezidentlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi va muzokaralar barbod bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing