Kurs UZS

USD

12 909.19

-20.18

EUR

13 935.47

-28.25

RUB

153.30

0.43

AQSH va Ukraina nodir metallar bo‘yicha kelishuvga erishdi – Tramp

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar va Ukraina noyob yer elementlari bo‘yicha kelishuv bo‘yicha ishlarni deyarli yakunladi va tez orada hujjatni imzolaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp aytdi.

“Tez orada imzolaymiz”, dedi Oq uy rahbari jurnalistlarga.

Amerika yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, hududiy masala hozirda Ukrainani tartibga solish bo‘yicha aloqalar doirasida, shuningdek, AQSHning Ukraina energetika inshootlari ustidan nazorati mavzusi muhokama qilinmoqda.

Ukrainada qanday noyob mineral resurslar bor va ular Trampga nima uchun kerak? north_east

Ukrainada qanday noyob mineral resurslar bor va ular Trampga nima uchun kerak?

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar atom elektr stansiyalarini boshqarishda katta tajribaga ega va Ukrainadagi ushbu ob’ektlar “Amerika nazorati ostida o‘tkazilsa, xavfsizroq bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Telefon suhbati chog‘ida Tramp Zelenskiy bilan “Ukrainaning elektr ta’minoti va atom elektr stansiyalari”ni muhokama qilgan va “Qo‘shma Shtatlar elektr energiyasi va kommunal sohadagi tajribasi tufayli bu stansiyalarni boshqarishda juda yordam berishi mumkinligini aytgan”.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Uolts 19 mart kuni AESga egalik huquqining AQSHga o‘tkazilishi Ukraina energetika infratuzilmasi uchun eng yaxshi himoya bo‘lishini bildirdi.

19 mart kuni bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Vladimir Zelenskiy Vashingtonning energiya va boshqa fuqarolik infratuzilmalariga hujumlarni to‘xtatish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ukraina nodir metallar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing