AQSH kasallik sabab afg‘on qochqinlarini qabul qilishni to‘xtatdi

Olam

image
0:00
0:00
download
Toshkent va Moskva afg‘on qochqinlari muammosini muhokama qilyapti – Rossiya elchisi north_east

Toshkent va Moskva afg‘on qochqinlari muammosini muhokama qilyapti – Rossiya elchisi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘oniston qochqinlarini mamlakatga qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga AQSHga kelgan afg‘onlarda qizamiq kasalligi aniqlangani sabab bo‘ldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.

“AQSHga reyslar Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining talabiga binoan va ehtiyot chorasi sifatida vaqtincha to‘xatilgan, chunki yaqinda Amerikaga kelgan afg‘onistonliklar orasida qizamiq bilan kasallanishning to‘rtta holati aniqlangan”, degan Oq uy vakili brifingda.

Psaki kasal afg‘onlar karantinga olinganini va Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi ular bilan aloqada bo‘lganlarni kuzatayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSHga kirayotgan afg‘onlardan qizamiqqa qarshi emlanish talab qilinyapti.

Avvalroq, AQSH joriy yilning 17 avgustidan buyon Afg‘onistondan umumiy hisobda 60 mingga yaqin odamni qabul qilib olgani haqida xabar bergan edik. Evakuatsiya qilinganlarning 17 foizi – AQSH fuqarolari va doimiy rezidentlari. Qolganlari Amerika armiyasi va NATO kuchlariga yordam bergani uchun maxsus vizaga ega bo‘lgan afg‘onistonliklardir.

Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilining 31 avgust kuni yakunlandi. Bu bilan birga Afg‘onistondan AQSH harbiylari va fuqarolarini evakuatsiya qilish ham nihoyasiga yetdi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.

Ma’lumot o‘rinda, 2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlari olib chiqib ketildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh qochqin

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing