Toshkent va Moskva afg‘on qochqinlari muammosini muhokama qilyapti – Rossiya elchisi
Olam
−
10 Sentabr 2021
8525O‘zbekiston va Rossiya Afg‘onistondan keladigan qochqinlar oqimini muntazam muhokama qilib kelmoqda. Bu haqda RFning Toshkentdagi elchisi Oleg Malginov aytib o‘tdi.
Diplomatga ko‘ra, afg‘on qochqinlarini to‘xtatib qolish qiyin bo‘ladi.
“O‘zbekiston janubidagi davlat – yangi xavf. Qochqinlar oqimi bo‘lishi mumkin. Vladimir Putin bu masalani O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan bir necha bor muhokama qilgan”, deydi diplomat migrantlar bo‘yicha ikki davlat vakillari uchrashuvida.
Elchi qochqinlar ommaviy ravishda O‘zbekistonga o‘tsa, ularni ushlab qolish imkonsiz ekanini urg‘ulagan.
“Bu xavf, jumladan xavfsizlik borasidagi xatar. Shuning uchun buni inobatga olish kerak”, degan Malginov.
Diplomatning ta’kidlashicha, Afg‘onistondagi vaziyat tushunarsizligicha qolmoqda va bu qator yo‘nalishlarda havotir uyg‘otadi. Radikal g‘oyalar kirishi mumkin. Bunda chegara yordam bermaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.
Joriy yilning 6 sentyabr kuni esa "Tolibon" qarshilik kuchlarining so‘nggi qal’asi Panjsherni ham egalladi. Biroq, Ahmad Mas’ud boshchiligidagi milliy front bu ma’lumotni rad etdi va viloyatning asosiy qismi hamon "Tolibon"dan mustaqil ekanini ta’kidladi.
LiveBarchasi