AQSH qurol bo‘yicha majburiyatlarini buzdi – Rossiya elchixonasi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH rasmiylari Kiyevga ilgari Afg‘oniston uchun mo‘ljallangan Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-17 vertolyotlarini yetkazib berish orqali o‘z majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzdi. Bu haqda kecha, 7 iyun kuni Rossiyaning AQSHdagi elchixonasi tarqatgan bayonotda aytiladi.

“AQSHning Ukrainaga harbiy yordamining navbatdagi paketi avvalroq Vashington tomonidan Afg‘oniston hukumati uchun sotib olingan, Rossiyada ishlab chiqarilgan to‘rtta Mi-17 vertolyotini o‘z ichiga olganiga e’tibor qaratdik. Bunday etkazib berish Rossiyaning yozma roziligini talab qiladigan oxirgi foydalanuvchi sertifikatidagi qoidani chetlab o‘tish orqali amalga oshirilmoqda. Bu Amerika tomonining o‘z majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzishidir. Tushuntirish so‘rab qayta-qayta murojaat qilganimizga qaramay, Qo‘shma Shtatlardan aniq javob bo‘lmadi”, deyiladi diplomatik vakolatxona bayonotida.

Ta’kidlanishicha, xalqaro standartlarga e’tiborsizlik Kiyevga Stinger portativ zenit-raketa majmuasini (PZRM) yetkazib berishda ham namoyon bo‘lmoqda.

“Ular orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yildagi 62/40 rezolyutsiyasi va 2003 yildagi “PZRM uchun eksport nazorati elementlari” Vassenaar kelishuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu turdagi qurollarning nodavlat ishtirokchilar qo‘llariga tushish xavfini minimallashtirishga qaratilgan”, deya qayd etgan lchixona.

Biroq Ukraina alohida davlat. Stinger esa Ukraina Qurolli Kuchlari uchun yetkazib berilmoqda.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

23

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing