AQSH Qobuldan qo‘shinini chiqarishni boshladi

Olam

image

AQSH Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi harbiylari sonini qisqartirishni boshladi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi kecha, 28 avgust kuni ma’lum qildi.

“Biz qaytishni boshladik”, degan u, ayni vaqtda qancha AQSH harbiy xizmatchisi Qobulda qolayotganini ochiqlashdan bosh tortib.

O‘z navbatida brifingda qatnashgan general Xenk Teylor AQSH harbiylari Afg‘onistondan vatandoshlarini, boshqa davlat fuqarolari va afg‘onlarni evakuatsiya qilish operatsiyalarini davom ettirayotganini qo‘shimcha qilgan.

Operatsiyani yakunlash 31 avgutsga rejalashtirilgan. Teylorning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya reylarida odamlardan tashqari, ba’zi harbiy texnika va uskunalar ham olib ketilyapti.

“Reuters” agentligiga ko‘ra, Qobulda AQSHning 4 mingdan kamroq askari qolmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan  "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing