AQSH Baku va Yerevanga chegara masalasida yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Armaniston va Ozarbayjonni chegaralarni tinchlik yo‘li bilan belgilashga chaqirdi va bunda yordam berishga tayyorligini aytdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti vakili Ned Prays ma’lum qilgan. 

Vashington ikki davlat chegarasidagi vaziyatning keskinlashishidan, shu jumladan bir necha arman askarlarining hibsga olinishidan xavotirda ekanini bildirdi. 

“Biz har ikki tomonni ushbu hodisani darhol va tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiramiz. Shuningdek, biz Ozarbayjonni barcha harbiy asirlarni va boshqa hibsga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishga chorlaymiz”, degan Prays. 

Ta’kidlanishicha, AQSH demarkatsiya qilinmagan qismlar bo‘yicha har qanday harakatni keraksiz va provokatsion deb hisoblaydi. 

Avvalroq, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining razvedka-qo‘poruvchilik guruhini Ozarbayjon hududiga ko‘chirishga uringani haqida e’lon qilib, olti nafar armanistonlik harbiy qo‘lga olinganini aytgandi. 

Keyinchalik, Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan chegarada sodir bo‘layotgan voqealar Ozarbayjon tomonidan xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi ekanligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing