AQSH 2 500 nafar afg‘onni qochqin sifatida qabul qiladi. Qolgan 10 mingini-chi?

Olam

image
“Tolibon” O‘zbekistonga xavf tug‘diryaptimi? north_east

“Tolibon” O‘zbekistonga xavf tug‘diryaptimi?

Amerika Qo‘shma Shtatlari evakuatsiya qilinadigan afg‘on fuqarolarining 2 500 nafarini oldindan rejalashtirilganidek uchinchi mamlakatga emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z hududiga olib boradi. Bu haqda “NBC News” Oq uy ma’muriyatidagi uchta manbaga asoslanib xabar bergan.  

Bungacha Prezident Jo Bayden o‘tmishda amerikaliklar bilan ishlagan minglab afg‘on fuqarolarini AQSH evakuatsiya qilayotgani haqida e’lon qilgan edi. AQSHda doimiy yashash uchun ularning arizalari ko‘rib chiqilgunga qadar afg‘on fuqarolarini uchinchi mamlakatga jo‘natish rejalashtirilgan edi. 

“Ammo 2 500 afg‘onistonlik — olib chiqariladigan fuqarolar umumiy hajmining nisbatan kichik qismi allaqachon xavfsizlik tekshiruvidan o‘tgan va bu ularni oilalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSHga olib chiqib ketishga imkon beradi”, degan Davlat departamenti rasmiysi va Pentagonning ikki rasmiysi. 

Ta’kidlanishicha, ular tibbiy tekshiruvdan o‘tgach, AQSHda qochqin sifatida qolishi mumkin. 

Qayd etilishicha, yana 10 ming kishi AQSHning xorijdagi harbiy bazasiga yoki uchinchi davlatga yetkaziladi. Kanalning taxminiga ko‘ra, evakuatsiya bir necha kun ichida boshlanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Qo‘shma Shtatlar bilan ishlagan 20 mingga yaqin afg‘onlar Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin o‘zlarining hayotidan qo‘rqib, AQSHga ko‘chib o‘tish bo‘yicha murojaat qildi. Pentagon esa avgust oyining oxiriga qadar Afg‘onistondagi barcha askarlarni olib chiqib ketmoqchi, mamlakatda faqat Qobuldagi elchixonani qo‘riqlash uchun ozgina kontingent qolishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan amerikaliklarga yordam bergan 9 ming afg‘onistonlikka vaqtincha boshpana berishni so‘ragan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing