Abduqodirning Toshkentdagi “sarguzashtlari” o‘yinga ta’sir qildi – Xayrulla Hamidov (video)
Sport
−
27 mart
19501O‘zbekistonlik taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov futbolchi Abduqodir Husanovning Toshkentdagi “sarguzashti” haqida gapirdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Abduqodir Husanovning Toshkentdagi “sarguzashtlari” baribir uning o‘yiniga ta’sir qildi. Buni ko‘pchilik aytyapti, buni birgina odamga yo‘llamoqchimasman. Men kecha bir narsani eshitib xursand bo‘ldim. Ya’ni to‘g‘ri xulosalar chiqarilgan, deb o‘ylayman. “Zo'r TV” telekanaliga o‘yindan oldin mehmon taklif qilinishi kerak edi. Mehmonga turli xil variantlarni keltirishdi. Oxiri Muhammadali O‘rinboyev keldi va u birinchi bo‘limda Hasan Turdaliyev bilan o‘yinni sharhladi. Muhammadalidan oldin juda ko‘pchilikka taklif bildirildi. Takliflar orasida Husanovning otasi Hikmat Hoshimov ham bor edi. Telekanal mas’ullarining aytishicha, Hikmat aka rozi bo‘lmabdi va intervyu berishni to‘xtatibdilar. Men xursand bo‘ldim. Birinchidan, bu otaning to‘g‘ri xulosa chiqargani. Chunki bo‘ldi, voqealar bo‘lib o‘tdi. Balki boshqa narsalar bo‘ladi, deb o‘ylagan bo‘lishi ham mumkin. Toshkentga kelishidagi Husanovning avtomobil bilan bo‘lgan voqeasi negativ effekt berib yuborishidan to‘g‘ri xulosa chiqardi”, deydi Hamidov.
Shuningdek, sharhlovchi Husanovning o‘yindan oldin yetarlicha dam olmagani ham sezilganini aytdi.
“Avvalo, tanqidlar ko‘proq jurnalistlarning chekiga tushdi. Abduqodirning yetarlicha dam olmagani butun o‘yin davomida sezilib turdi. Husanovda pozitsiyalarni yo‘qotishda muammolar ko‘p bo‘ldi. Ayniqsa, Taremining golidagi vaziyatda u o‘z joyini topa olmadi. Istalgan futbolchi jismoniy holatini tashlab yuboradigan bo‘lsa, bu o‘yinda yaqqol seziladi. Shuni bilib oldi va shundan yetarlicha saboq olyapti. Intervyuga rozi bo‘lmaganining o‘zi buni isbotlaydi. Husanov Toshkentga yanagi safar kelishida bunday muammolar bo‘lmaydi, degan umiddaman”, deydi Xayrulla Hamidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Husanov Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekistonning eng yomon futbolchisi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi