9 oy davomida 1300 dan ortiq bola otib o‘ldirildi

Olam

image

7500 manbadan mamlakatdagi qurolli hodisalar haqida har kuni ma’lumot to‘playdigan Gun Violence Archive ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri AQSHda qurolli zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan bolalar soni 1324 nafarga yetdi. 

Xususan, Qo‘shma Shtatlarda qurolli zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan bolalar soni 2019 yildan 2021 yilgacha 50 foizga oshgan. 

Xabarlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida qurolli zo‘ravonlik qurbonlari yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq voqealarni ortda qoldirgan. 

Gun Violence Archive veb-saytiga ko‘ra, yil boshidan beri AQSHda qurolli zo‘ravonlik tufayli o‘lganlarning umumiy soni 32 548 kishini, qurbonlar soni esa 28 338 kishini tashkil qilgan. 

Qayd etilishicha, qurolli hujumlar natijasida halok bo‘lgan 1324 nafar bolaning 1096 nafari 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan, 230 nafari esa 11 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. 

O‘tgan 9 oyda qurolli hujumlarda 18 yoshgacha bo‘lgan jami 3570 nafar bola tan jarohati oldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida AQSHning Los-Anjeles shahri yaqinida sodir bo‘lgan ommaviy otishmada kamida 10 kishi halok bo‘lgandi. Fevralda esa Michigan universitetida qurollangan shaxs tomonidan uch kishi o‘ldirilgan va besh kishi жароҳатланганган. Mart oyida Neshvill shahridagi boshlang‘ich maktabda fojiali otishma bo‘ldi. Oqibatda 9 yoshli uch nafar o‘quvchi va uch nafar maktab xodimi halok bo‘ldi. Iyunda Amazon kompaniyasining haydovchi bo‘lib ishlaydigan 37 yoshli Tojikiston fuqarosi otib o‘ldirildi.Avgustda Florida shtatidagi savdo markazida yuz bergan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi.  

Nyu-York shahri Bruklin tumanida 17 iyul kuni asli o‘zbekistonlik 15 yashar Faridun Mavlonov tasodifan otib o‘ldirildi

Franklin Delano Ruzvelt o‘rta maktabi tashqarisida 17 yashar yigitcha bir guruh o‘quvchilarga qarata 7 marta o‘q uzgan. Daydi o‘q kelib Faridunga teggan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan, shifokorlar uni ikki marta operatsiya qilgan, biroq qonni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan va 18 iyul kuni bola vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made