Ruminiya AQŞga harbiylar evaziga pul taklif qildi

Olam

−

image

Ruminiya Prezidenti Nikuşor Dan mamlakatdagi Amerika harbiylarini saqlaş xarajatlarining bir qismini AQŞga tölab berişni taklif qildi. Bu haqda u “Financial Times”ga bergan intervyusida söz oçdi.

Danning sözlariga köra, u Amerika tomoniga qöşinlar soni va xarajatlarni taqsimlaş böyiça raqamlarni taqdim etgan. Şunga öxşaş taşabbusni avvalroq Polşa ilgari surgan edi. Joriy yilning sentyabr oyida Polşa “Fort Tramp” bazasidagi har bir harbiy uçun AQŞga yiliga 15 ming dollardan tölaşni taklif qilgan.

Ruminiya Prezidenti öz taklifini mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini baholaş uçun yaqinda Polşa va Ruminiyaga taşrif buyurgan AQŞ mudofaa vazirining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Elbrij Kolbiga bildirgan. Kolbi ilgari AQŞning Yevropadagi harbiy iştirokini yanada çeklaş tarafdori bölib çiqqan. 

“Biz köproq Amerika qöşinlari va yanada kuçli imkoniyatlarni istaymiz”, deydi Dan.

Prezident ofisi ma’lumotlariga köra, hozirda Ruminiyada 1172 nafar amerikalik harbiy joylaştirilgan. Ruminiya taklif qiladigan tölov miqdori Polşaniki bilan teng bölişi mumkinligi istisno etilmayapti. Dan Qora dengiz qirğoği yaqinidagi “Mixail Kogelniçanu” aviabazasi va Konstansa portining AQŞ uçun strategik ahamiyatini qayd etgan. Uning sözlariga köra, joriy yilda YeIning boşqa davlatlari AQŞga rad javobini bergan bir paytda, Ruminiya Eronga qarşi uruş vaqtida uşbu aviabazadan foydalanişga ruxsat bergan.

Uşbu intervyu Rossiya uçuvçisiz uçiş apparatlarining bir neça bor Ruminiya hududiga qulaşi va uning qirğoqlari yaqinidagi savdo kemalariga berilgan zarbalar bilan boğliq hodisalar fonida e’lon qilingan. Dan mamlakat mudofaa byudjetini bosqiçma-bosqiç oşirib borayotganini, biroq davlat byudjetidagi katta taqçillik tufayli harbiy xarajatlari allaqaçon YAIMning 5 foiziga yaqinlaşib qolgan Polşaga tenglaşa olmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Polşa razvedkasi Rossiya bilan çegaradan qurollangan guruhlar mamlakat hududiga kirib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Şu sababli mamlakatning Kaliningrad viloyati bilan çegaradoş hududlarida maxsus operatsiya boşlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing