30 ga yaqin davlat Ukrainaga qurol yetkazib berishga kelishdi

Olam

image

Kamida 27 davlat, jumladan NATOga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qaror qildi. Bu haqda Britaniyaning “Sky News” telekanali Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesga tayanib, xabar berdi.

To‘liq ro‘yxati taqdim etilmagan davlatlar ro‘yxatidan AQSH va Buyuk Britaniya, avvalroq bunday harakatga qarshi chiqqan davlatlar ham bor.

Xususan, gap tankga qarshi va zenit qurollarini yetkazib berish haqida bormoqda.

Bugun, 26 fevral kuni ertalab Polshaning “Gazeta” axborot portali Germaniyaning Bild nashri jurnalisti Julian Röpkega tayanib, NATOning beshta davlati Ukrainaga qurol yetkazib berishga rozi bo‘lgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, yetkazib berish 24 fevral kuni boshlangan.

Nashr, ayni paytda, “Ukrainaga Estoniyadan qurol-yarog‘, jumladan, tankga qarshi snaryadlar va havo hujumidan mudofaa kuchlari uchun snaryadlar yetkazib berilgani ma’lum” deb yozadi.

Bundan tashqari, Polsha Mudofaa vaziri Mariush Blashchak ham Ukrainaga Polshadan qurol-aslaha yuklangan karvon yetib kelganini aytdi, biroq bular avvaldan va’da qilingan yetkazib berishmi yoki yangilarimi, aniqlik kiritmagan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing