10 noyabr yangiliklari: Kechikayotgan byudjet, ketar chog‘i millardlarni ulashgan hokim, 54 ming dollarlik iPhone

Jamiyat

image

Bugun, 10 noyabr kuni O‘zbekiston, shuningdek jahonda sodir bo‘lgan eng muhim va eng qiziqarli voqea-hodisalar hamda yangiliklarning qisqacha tafsiloti bilan QALAMPIR.UZ dayjestida tanishing.

Jamiyat

Qum bo‘ronda qaysi hududlar havosi eng ko‘p ifloslagani ochiqlandi

Joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonda shamol ta’sirida tuproqning yuqori qurigan ustki qatlami ko‘tarilib, changli tumanni yuzaga keltirdi. Atmosfera havosida changning miqdori keskin o‘sdi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 4 noyabrda havoda chang miqdori bo‘yicha  maksimal ahamiyatlilik: Guliston, Olmaliq shahrida 20 REM, Chirchiq-26 REM, Toshkent-33 REM, Bekobod-18 REM, Angren-8 REM, Buhoro shahri-14 REM, Navoiy shahri-8 REM, Samarqand – 4 REM, Sariosiyo, Namangan, Urganch, Farg‘ona, Qo‘qonda tahminan 2 REM bo‘ldi.

5 va 6 noyabr kunduz kunlari atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi pasaya boshladi va 2 dan 8 REM darajasigacha yetdi.

Deputat G‘aniyev 2022 yil uchun Davlat byudjeti loyihasi kechikkanini ma’lum qild

Byudjet kodeksining 97-moddasiga asosan, Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va byudjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritilishi belgilangan. Lekin joriy yilning 9 noyabr holatiga, ya’ni belgilangan muddatdan 25 kun o‘tgan bo‘lsada, byudjet loyihasi va byudjetnoma Qonunchilik palatasiga kiritilgani yo‘q. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yozmoqda.

Deputatning ta’kidlashicha, Byudjet kodeksiga o‘tgan yili kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, kelgusi yil uchun yangilangan o‘rta muddatli davr fiskal strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 iyuniga qadar tasdiqlanishi va tasdiqlangan fiskal strategiya ma’lumot uchun Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishi hamda jamoatchilik uchun Moliya vazirligi veb-saytida e’lon qilinishi belgilangan. 

O‘zbekistonda aholining asosiy qismi faqat oylikka kun ko‘ryapti

O‘zbekistonda aholining qariyb 70 foizining asosiy daromad asosiy manbai oylik ish xaqi bo‘lib qolmoqda. 

Ushbu o‘rganishga respondentlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi, mavjud pul-mablag‘larini jamg‘arishga bo‘lgan moyilligi, shuningdek, ularning kelgusida kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha savollar kiritilgan.

2021 yilning III choragi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda respondentlarning kelgusi daromadlari bo‘yicha kutilmalari II chorakdagi 7,3 banddan 8,8 bandgacha yuqoriladi.

Cabzi narxi 4-5 baravar pasaydi. U yana kimmatlashi mumkinmi?

O‘zbekistonda noyabr oyidagi sabzining narxini joriy yilning iyuni oyi bilan taqqoslaganda 4-5 barobargacha tushdi. O‘zbekison Qishloq xo‘jaligi vazirligining prognozlariga ko‘ra, 2022 yil bahorida kutiladigan yangi hosilga qadar sabzining narxi shu darajada saqlanib qoladi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 2021 yilda sabzining o‘rtacha hosildorligini bir gektardan 20-25 tonnadan 30-40 tonnagacha miqdorda oshirish imkoniyati yaratilgan. Shu tariqa 1 kg sabzining tannarxi fermer xo‘jaliklarida 700-800 so‘mgacha (6,5-7,5 sent) arzonlashgan.

Toshkent viloyatida 2 kishi quturgan it tishlashidan vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ikki kishi quturish kasalligidan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘mita o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar tasdig‘ini topmagan. Ammo olti oy avval qarovsiz qolgan daydi itning tishlashi natijasida, ya’ni quturgan daydi it jarohat yetkazgan shaxslar o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmaganligi tufayli olamdan o‘tgan.

Qobul Tursunov oxirgi ish kunida qariyb 22,5 mlrd ulashgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 8 noyabr kuni o‘z arizasiga ko‘ra, vazifasidan ozod etilgan Navoiy viloyati sobiq hokimi Qobul Tursunov ketishi oldidan farmoyish chiqarib, bir qator tashkilotlarga jami 22 mlrd 491 mln so‘m mablag‘ ajratdi. Hokim imzolagan farmoyishda Yoshlar markazi binosini ta’mirlashdan tortib “Aholi dam olish maskani”ni qurish-ta’mirlash ishlarida yuzaga kelgan qarzdorliklarni qoplash uchun ham mablag‘ ajratilganini ko‘rish mumkin.

Mazkur farmoyishga ko‘ra, eng katta summa, ya’ni 8 mlrd 23 mln so‘m mablag‘ viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ajratilgan. Xususan, Prezidentining 2021 yil 27 maydagi PQ-5130-sonli qaroriga asosan, sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazish xarajatlari uchun 4 mlrd 23 mln so‘m, yangi tashkil etiladigan oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni ta’mirlash xarajatlari uchun 1 mlrd so‘m hamda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan dori vositalarini sotib olish xarajatlari uchun 3 mlrd so‘m pul berilgan.

Profilaktika inspektorlari ezilib ketyapti – sobiq IIO xodimi Bobojonovga murojaat bilan chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq IIB xodimining Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga yo‘llagan “Quva tumanida IIB raxbariyati tomonidan profilaktika inspektorlari huquqlari poymol qilinmoqda(mi?)” nomli videomurojaati tarqalgandi. Farg‘ona viloyati IIB mazkur murojaat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan murojaatdan aniqlanishicha, murojaatchi Nozimjon Nishonov muqaddam ichki ishlar organlarida ishlab, xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi, surunkali ravishda xizmat intizomini buzib, ichki ishlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etganligi uchun, salbiy sabablarga ko‘ra, 2021 yilda ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Farg‘onada ota o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida ota o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani haqida videoxabar tarqaldi. Qizlarning onasi eri uni urib, ko‘chaga haydab yuborganini aytgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Oltiariq tumanida yashovchi H.Yu.ning turmush o‘rtog‘i  U.Yu. muqaddam Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga (yengil tan jarohati yetkazish) asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shunga qaramay, voyaga yetmagan qizini urib, tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov jarayonlari olib borilgan. Ish jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, unga nisbatan tegishli jazo tayinlanganligi aniqlangan.

Olam

Kreml Bayden va’dasini bajarganiga shubha bildirdi 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga butun dunyo bo‘ylab xakerlarni qo‘lga olish haqida bergan va’dasini bajarganini aytgandi.  

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Baydenning aytganlariga munosabat bildirib, Moskvada ushbu bayonot bo‘yicha batafsil ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi. 

“Bizda batafsil ma’lumot yo‘q va bu holatda biz hech qanday izoh bermaymiz”, deydi Kreml vakili. 

AQSH 140 dan ortiq afg‘onistonlik uchuvchini Tojikistondan olib ketdi

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Tojikistondan boshpana topgan 143 nafar afg‘on uchuvchisi bugun, 10 noyabrga o‘tar kechasi AQSH ko‘magida mamlakatni tark etdi. 

Bir nechta afg‘on oilalari ham, jumladan, jurnalistlar afg‘onistonlik uchuvchilar bilan birga Tojikistonni tark etgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kun avval AQSHning Dushanbedagi elchixonasi Tojikistondan 191 nafar afg‘onni, jumladan, uchuvchilarni uchinchi davlatga, u yerdan esa AQSHga olib ketish niyatida ekanini bildirgan. 

WP: Markaziy Osiyo Rossiyadan o‘rnak olib, ijtimoiy tarmoqlarni “bo‘g‘moqchi”

Markaziy Osiyo yetakchilari Rossiya ssenariysi bo‘yicha harakat qilib, ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. 

“O‘tgan hafta O‘zbekiston aholisi taxminan bir soat davomida ijtimoiy tarmoqlarsiz hayotning “ta’mini his qildi”. Mahalliy ma’lumotlarni saqlashni talab qiluvchi yangi qonun tufayli Telegram, Facebook, Instagram, YouTube va boshqalar bloklandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bundan juda norozi bo‘ldi va hukumat tezda orqaga chekindi. Tez orada ijtimoiy tarmoqlarga kirish tiklandi”, deb yozadi “The Washington Post”.

Qozog‘istonlik tadbirkorlar o‘zbek tovarlari kontrabandasidan shikoyat qilmoqda

Qozog‘istonlik tadbirkorlar mamlakatga o‘zbek tovarlarini kontrabanda orqali mamlakatga olib kirish holatlarini muhokama qilishdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘zbek tovarlarining Qozog‘iston bozorida ommalashishiga asosiy sabab qilib kontrabandani ko‘rsatmoqda. 

Qozog‘iston davlat bojxona xizmatining ma’lum qilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy savdo aylanmasi 2020 yilgiga qaraganda ancha o‘sgan.

Qozog‘istonlik tadbirkorlar esa noqonuniy import oqimi ortib borayotganidan shikoyat qilmoqda.

AQSHda dunyodagi birinchi sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

AQSHning Kaliforniya shtatidagi Emerivill shahrida sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi zavod ochildi.  

Zavodda yiliga 180 tonnadan ortiq sun’iy go‘sht ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Hozircha esa 25 tonna ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Upside Foods kompaniyasi 2015 yildan beri probirkada go‘sht ishlab chiqmoqda. Kompaniya asoschisi Uma Valetining so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilda ular dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy go‘shtni ishlab chiqargan va bir muncha vaqt o‘tgach, to‘liq quvvatli zavod qurilishini tasavvur qilish haqiqatdan yiroq bo‘lib tuyulgan. 

JSST pandemiyani tugagan deb e’lon qilish shartini ma’lum qildi

Koronavirus pandemiyasining tugashi butun dunyo infeksiya bilan qanchalik tez “yashashni o‘rganishiga” bog‘liq. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyuge ma’lum qildi.

“Sog‘liqni saqlash tizimi avvalgi holatiga qaytib, COVID-19 tufayli shifoxonalarga murojaat qilganlar hamda o‘limlar soni kamaysagina boshqa tibbiy xizmatlarni to‘liq hajmda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Ana shundagina pandemiya endemiya holatiga o‘tadi”, deydi Xans Klyuge.

Sport

“Milan” futbolchisi “Real”ga o‘tmoqchi

Italiyaning “Milan” klubi yetakchilaridan biri Frank Kessi katta ehtimol bilan mavsum yakunida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Bu haqda “Sport24” nashri xabar bermoqda.
 
Xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachi “rossonerilar” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. 

Manbada aytilishicha, ivuarlik futbolchiga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek,  PSJ va Angliya Premer ligasining bir qator grandlari ham Kessini sotib olishga urinib ko‘rishmoqchi. Biroq, “Milan” futbolchisi uchun faoliyatini ispan grandida davom ettirish varianti qiziq tuyulmoqda.

Levandovski “Oltin to‘p” uchun imkoniyatlarini baholadi

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bu yil “Oltin to‘p”ni yutish uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Men “Oltin to‘p” haqida o‘ylashni to‘xtatdim. Agar g‘alaba qozonish imkoniyatlarim haqida o‘ylasam, shubhasiz, bu menga yordam bermaydi. Turli taxminlar va ommaviy axborot vositalarida mish-mishlar tarqaldi. Biroq, diqqatimni boshqa narsaga qaratishni afzal ko‘raman. Ehtimol, marosim sanasi yaqinlashganda, bu haqda o‘ylashni boshlarman. Hozir endigina noyabr oyining boshi, shuning uchun hali vaqt bor. Albatta, “Oltin to‘p” ajoyib mukofot, lekin bu haqda o‘ylamasligim kerak, chunki hali ko‘p harakat qilishim kerak”, deydi Levandovski.

Yurgen Klopp “Real Sosedad” futbolchisini “Liverpul”da ko‘rmoqchi 

“Real Sosedad” va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Isak keyingi transfer mavsumida faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Euro Football” nashri xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, Angliya Premer ligasining bir nechta klublari Isakni sotib olish uchun harakat boshlashgan. Avvalroq, futbolchiga Londonning “Arsenal” klubi qiziqish bildirgani aytilgandi. Endilikda“Liverpul” ham forvard uchun kurashga qo‘shilgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing