Buyuk Britaniya Nazarboyevning nabirasi shuncha pulni qayerdan olgani bilan qiziqyapti
Olam
−
12 mart 2020
13337London Oliy sudi Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning nevarasi Nurali Aliyevdan Londonda 80 million funt sterling (104 mln dollar) qiymatida bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotib olish topilgan mablag‘ning manbalari qayerda ekanini tushuntirib berishini talab qilyapti.
Sud muhokamasining mavzusi Buyuk Britaniya poytaxti shimolidagi nufuzli Xempsted tumanidagi uy bo‘ldi.
Bu ko‘chmas mulkning egasi – offshorlarda ro‘yxatga olingan ikkita kompaniya ekani aniqlandi. Biroq, Buyuk Britaniyaning Jinoyatga qarshi milliy agentligi xodimlari 35 yoshli Nurali Aliyev, uning rafiqasi Aida va farzandlari kinoteatr va basseynga ega bo‘lgan uyda istiqomat qilayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Prokuratura ko‘chmas mulkni sotib olish uchun mablag‘, 2015 yilda Avstriyada qamoqxonada osilgan holda topilgan Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyev bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda. O‘sha vaqtda qozog‘istonlik biznesmen, siyosatchi va diplomat Aliyev Qozog‘iston bankining ikki top-menejerini o‘ldirishda ayblangandi.
Ayni vaqtda, Nurali Aliyevning advokatlari Rahat Aliyevning ko‘chmas mulk sotib olishda ishtirok etmaganligini sud so‘ragan barcha hujjatlar bilan isbotlashga harakat qilmoqda.
Qozog‘iston Adliya vazirligi boshlig‘i sudga izoh berishda qiynaldi.
"Shaxsiy sud jarayoni haqida izoh berish uchun ularning yakunlanishini kutish kerak. Bu jarayonning barcha materiallarini o‘rganish kerak va shundan keyingina professional huquqshunos o‘z fikrini bildirishi mumkin. Bu uning fikri bo‘ladi", deydi Marat Beketayev jurnalistlarga.
Davlat idorasining holatga nisbatan pozitsiyaga ega bo‘lishi uchun "boshqa holatlar bo‘lishi kerak".
"Tegishli so‘rovlar yuborilishi kerak va bu ushbu davlat organining vakolatiga kirishi kerak", deb qo‘shimcha qiladi Adliya vaziri.
Buyuk Britaniyada 2018 yilda kuchga kirgan Unexplained Wealth Orders (UWO) qonuni, 50 000 funt sterlingdan ortiq aktivlarga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga daromadning kelib chiqishini tushuntirib berishni talab qilish huquqini beradi.
Chet el fuqarolariga nisbatan birinchi ish – Ozarbayjon Xalqaro Bankining sobiq rahbarining rafiqasi Zamira Hojiyevaning tergov ishi bo‘ldi. Britaniya hukumati bankirning rafiqasidan 2ta ob’ekt bo‘yicha tushuntirish so‘radi: 2013 yilda Londonning nufuzli Naytsbridj tumanida joylashgan uy 11,5 million funt va Askot shahri yaqinidagi yer maydoni 10,5 million funtga sotib olingan. Nurali Aliyevga qarshi ish esa ikkinchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Nazarboyevlar oilasi birinchi bor Britaniyada tilga tushayotgani yo‘q. Bundan avval Darig‘a Nazarboyevaning o‘g‘li Oysulton Nazarboyev Londa politsiya bilan kelishmovchilik ortidan qo‘lga olingan edi. Keyinroq, u Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi.
Nurali Aliyev Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi – Senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning to‘ng‘ich o‘g‘li. U 1985 yilda tavallud topgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi bo‘lgan Aliyev mamlakatning eng badavlat tadbirkorlaridan bir sifatida ko‘riladi. U Kozog‘iston Respublikasi Adliya vaziri va Markaziy saylov komissiyasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016 yilda "Transtelekom"ning 49 foiz aksiyasini sotib olgan.
LiveBarchasi