Sobiq prezidentning jiyaniga tegişli kompaniya $6,5 mln dollar jarimaga tortildi

Olam

−

visibility6444 timer2 daqiqa

image

Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani – Olmaota sobiq hokimi Axmetjan Yesimovning ukasi Seitjan Yesimovga tegişli xolding tarkibidagi “JAN i KS” neft kompaniyasi burğilaş çiqindilari uçun 3 milliard tengedan ortiq ekologik jarima tölamoqda. Sud ijroçilari Atirau viloyati byudjetiga allaqaçon 490 million tengedan ziyod mablağ ötkazgan. Bu haqda “Ulysmedia” xabar berdi. 

Atirau viloyati prokuraturasiga köra, qonunbuzarlik tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi tomonidan aniqlangan. Quduqlarni burğilaş çoğida kompaniya burğilaş şlami va işlatilgan burğilaş eritmasini noqonuniy ravişda töplab borgan. Burğilaş şlami – bu burğilaş paytida quduqdan yuqoriga kötariladigan maydalangan toğ jinsidir. Burğilaş eritmasi esa iskanani sovutiş va toğ jinslarini yuzaga olib çiqiş uçun quduqqa haydaladi. Foydalanilgandan söng har ikkala turdagi çiqindilar tarkibida neft mahsulotlari va kimyoviy moddalar bölişi mumkin, şuning uçun ular maxsus qoidalar asosida utilizatsiya qilinişi şart. 

Kompaniya Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksning 328-moddasi 6-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Uşbu modda atrof-muhitga yöl qöyiladigan antropogen ta’sir normativlarini buzganlik uçun jazo belgilaydi. Kompaniya sudlarda jarima yuzasidan şikoyat qilişga uringan, biroq şikoyatlar rad etilgan va qaror qonuniy kuçga kirgan. Endilikda jarima majburiy tartibda undirilmoqda. Qarzning qolgan qismi – taxminan 2,5 milliard tenge prokuratura nazoratida.

Ma’lumot uçun, “JAN i KS” kompaniyasi” MÇJ Atirau viloyatidagi “Pribrejnoye” konida neft va gaz qazib oladi. Kompaniya yöllar va gidroinşootlar quradigan, quriliş materiallari hamda foydali qazilmalarni qazib oladigan Aytei Group xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding direktorlar kengaşiga Seitjan Yesimov rahbarlik qiladi. U Qozoğistonning birinçi prezident Nursulton Nazarboyevning jiyani Axmetjan Yesimovning ukasi hisoblanadi. Axmetjan Yesimov turli yillarda Olmaota hokimi, qişloq xöjaligi vaziri, “Astana EKSPO-2017” milliy kompaniyasi rahbari va “Samruk-Qazina” jamğarmasi boşqaruvi raisi lavozimlarida işlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing