Özbekistonda radarlar ustidan tekşiruv boşlandi (video)
O‘zbekiston
−
16:04 1067 1 daqiqa
Özbekistonda radarlarning tezlikni ölçaş aniqligi tekşirilmoqda. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, fuqarolarning manfaatlarini himoya qiliş, yöl harakati qoidalari ijrosida qonuniylik va adolatni ta’minlaş maqsadida, yöl harakati xavfsizligi xizmati maxsus jihozlangan avtomobillar yordamida respublikaning barça hududlarida örnatilgan foto-video qayd etiş qurilmalari, radarlar faoliyati közdan keçiriladi.
“Uşbu radar qurilmalarining doimiy ravişda soz, aniq va barqaror işlaşini ta’minlaş maqsadida ular Özbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari tomonidan muntazam ravişda metrologik tekşiruv va sinovlardan ötkazib kelinmoqda”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, jarayonda maxsus avtomobillar yordamida radarlarning belgilangan texnik talablarga muvofiqligi, tezlikni qayd etiş aniqliligi hamda ularning qonuniy faoliyat yuritişi tekşiriladi. Aniqlangan har qanday kamçilik va qonunbuziliş holatlari yuzasidan yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegişli mas’ullarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda qonuniy çoralar köriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda haydovçilar uçun jarimalar böyiça yangi tartib tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi