Farğonada 26 tup qarağay kesgan korxonaga 4 mlrd sömlik jarima qöllandi
3-sahifa
−
1022 1 daqiqa
Farğona şahrida 26 tup Eldor qarağayi ruxsatsiz kesilgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 810 million sömdan ortiq zarar yetkazilgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Farğona viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan ötkazilgan reyd davomida holat foş etilgan.
Xususan, Farğona şahridagi “Şodlik” mahallasi hududida joylaşgan “A.S.” xususiy korxonasi tomonidan 26 tup Eldor qarağayi ruxsatsiz kesilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan ötkazilgan ölçov işlari natijasida ösimlik dunyosiga 810 million 480 ming söm zarar yetkazilgani hisoblangan. Şuningdek, “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonunning 56-moddasiga (Daraxtlarni va butalarni qonunga xilof ravişda kesganlik, kundakov qilganlik, şikastlantirganlik, yöq qilganlik yoki boşqa joyga köçirib ötkazganlik, şuningdek ularni muhofaza qiliş çoralarini körmaganlik) asosan, korxonaga 4 milliard 52 million 400 ming söm moliyaviy sanksiya qöllanilgan.
Huquqbuzarlik yuzasidan töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş uçun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida 586 tup daraxt noqonuniy ravişda ildizi bilan qöporib taşlangani aniqlangan edi.
Live
Barçasi