Farğonada uy ijarasi bahonasida fuqarolardan pul undirgan uçlik uşlandi (video)

3-sahifa

−

visibility1484 timer2 daqiqa

image

Farğona şahrida arzon narxda uy ijaraga berişni va’da qilib, fuqarolardan oldindan tölov talab qilgan uç nafar şaxsning kiberfiribgarlik sxemasi foş etildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, gumonlanuvçilar sovuq kunlarda zamonaviy isitiş tizimiga ega uylarda vaqtinça yaşaşni istaydigan oilalar ehtiyojidan foydalangan. Ular Telegram kanalida arzon uylar ijaraga berilişi haqida e’lonlar joylaştirib, qiziqqan fuqarolardan oldindan pul ötkazişni söragan.

Sxemada iştirok etgan şaxslardan biri öz nomiga rasmiylaştirilgan SIM-kartani tanişiga bergan. U esa şu raqam orqali fuqarolar bilan gaplaşib, ularni aldaşda qatnaşgan. Yana bir iştirokçi esa kelişilgan manzillarga kalitlarni yetkazib berib, fuqarolardan olingan 1,5 million sömni boşqa şerigiga topşirgan. Buning evaziga unga 200 ming söm berilgan.

Gumonlanuvçilardan biri dastlab bu işning firibgarlik ekanini bilmaganini, keyinçalik esa şeriklari fuqarolarni uy ijarasi bahonasida aladayotganini anglaganini aytgan. U sodir etgan işidan puşaymonligini bildirib, boşqalarni bunday jinoyatga qöl urmaslikka çaqirgan.

Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Bekobod tumanida tört nafar fuqaroni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişni va’da qilib, 4,8 ming dollar talab qilgan xususiy öquv markazi rahbarining ukasi uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing