Özbekistonda 9 oyda 77 ming kişi qamaldi – statistika
3-sahifa
−
18:48 577 2 daqiqa
Özbekistonda joriy yilning 9 oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy jazoga tortildi. Ularning 77 mingdan ziyodiga ma’muriy qamoq, 340 mingdan ortiğiga esa jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hisobot davrida jinoyat işlari böyiça tuman va şahar sudlarining tergov sudyalari tomonidan 662 237 nafar şaxsga nisbatan 549 231 ta ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan.
Körib çiqilgan işlar natijasida jami 420 245 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy jazo qöllanilgan. Şundan 340 986 nafari jarimaga tortilgan, 77 309 nafariga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ma’muriy huquqbuzarliklar bilan boğliq işlarning salmoqli qismi Toşkent şahri, Samarqand, Toşkent, Farğona va Qaşqadaryo viloyatlarida körilgan. Şuningdek, 71 450 nafar şaxs yaraşilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.
Qayd etilişiça, körib çiqilgan işlarning aksariyati quyidagi huquqbuzarliklar bilan boğliq:
- mayda bezorilik;
- içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik;
- litsenziyasiz yölovçi taşiş;
- sovuq qurol yoki undan foydalaniş mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş;
- haqorat qiliş;
- elektr, issiqlik energiyasi va gazdan foydalaniş qoidalarini buziş;
- savdo va xizmat körsatiş qoidalarini buziş;
- yöl harakati qoidalarini buziş oqibatida yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkaziş;
- jamoat joylarida spirtli içimlik iste’mol qiliş;
- transport vositasini mast holda boşqariş.
Aniqlangan qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş maqsadida 11 006 ta taqdimnoma çiqarilib, tegişli taşkilotlarga yuborilgan.
Şuningdek, apellyatsiya tartibida 7 656 nafar şaxsga nisbatan 6 804 ta ma’muriy huquqbuzarlik işi körib çiqilgan. Natijada 1 496 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan birinçi instansiya sudlari qarorlari bekor qilinib, 2 495 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan qarorlar özgartirilgan.
Kassatsiya tartibida esa 10 656 nafar şaxsga nisbatan 10 152 ta iş körib çiqilgan. Bunda 4 379 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, 2 347 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan qarorlar özgartirilgan.
Bundan taşqari, Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan taftiş tartibida 955 nafar şaxsga nisbatan 918 ta ma’muriy huquqbuzarlik işi körib çiqilgan. Natijada quyi sudlar tomonidan 187 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 232 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan qarorlar özgartirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda joriy yilning töqqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qöyilgani, 319 ta narkolaboratoriya aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi