Rahmonovdan yangi qadam, mukofotlangan mashhurlar, Karimov vafoti ortidagi sirlar va boshqa xabarlar

Jamiyat

image

Prezident Xudoyberdi To‘xtaboyev, Sevara Nazarxon, Munojat Yo‘lchiyevani mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq Xudoyberdi To‘xtaboyev “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, Sevara Nazarxon va Munojat Yo‘lchiyeva “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Bundan tashqari, Stalin davrida qamalgan, Karimov davrida taqiqqa uchragan O‘zbekiston xalq shoiri, yozuvchi Shukurulla Yusupov ham “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonga bilan shuningdek, Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi “Lor plyus servis” xususiy klinikasi otolaringolog shifokori Sergey Vladimirovich Tobias ham “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Sergey Tobias joriy yilning 19 iyul kuni o‘zi ishlaydigan xususiy klinikaga ota-onasi tomonidan klinik o‘lim holatida (nafas olishi to‘xtab qolgan) olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qolgandi.

AQSH, RF va Xitoy rahbarlari Mirziyoyevni tabrikladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, XXR raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga tabrik yo‘lladi.

Donald Tramp o‘z maktubida Prezident Mirziyoyevni tabriklash baroborida, uning 2018 yil may oyida AQSHga amalga oshirgan davlat tashrifini xotirladi. Tramp Mirziyoyevni “sherik” deb, u bilan yaqin hamkorlik qilmoqchiligini aytdi.

Toshkentdagi falokat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi – Bosh prokuratura

Avvalroq, Toshkent shahrida savdo majmuasi qurilish maydonida metall konstruksiya ag‘darilgani natijada 4 ishchi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur baxtsiz hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIVda 10 ga yaqin tayinlov amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi. Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyatida yangi rahbarlar tayinlandi.

Dunyoning eng chuqur g‘ori O‘zbekistondami?

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi g‘orlardan biri dunyoning eng chuqur g‘orlaridan bittasi sifatida e’tirof etilishi mumkin. Bu haqda. Ural speleologlar uyushmasining Rossiya geogafik jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi ostidagi Surxondaryo viloyati Cho‘li Bair tog‘li massividagi speleologik ekspeditsiyasi sensatsion natija bilan yakunlandi. V.Loginov rahbarligi ostidagi A.Vishnevskiy nomidagi g‘orda (CHB-15) o‘tgan 20 kunlik ekspeditsiya davomida “-1 ming 284 metr”lik chuqurlikka erishilgan.

“To‘ntarishni to‘xtatamiz”: Buyuk Britaniyada namoyishlar avj oldi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II mamlakat Bosh vaziri Boris Jonsonning parlament ishini to‘xtatshi to‘g‘risidagi taklifini ma’qullagach, Londonda ommaviy norozilik boshlandi. Norozilik aksiyalari Manchester va Edinburgda ham o‘tkaziyalpti.

Londonda namoyishchilar Bosh vazir qarorgohiga yaqin joyda to‘plandi. Ular “Demokratiyaini himoya qilamiz, Borisni to‘xtatamiz”, “To‘ntarishni to‘xtatamiz” deb harakatlanyapti.

“Oramizda sotqin bor” – Olmazorda hokimning so‘kong‘ichligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Kecha, 28 avgust kuni Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonovning tumanda joylashgan bank rahbarlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda stol urib majlis ishtirokchilarini so‘kkani, ularni tinimsiz haqoratlab, ishdan bo‘shatish, arizasini olish bilan qo‘rqitgani haqida xabar bergan edi. Ushbu xabarga isbot o‘laroq audioyozuv taqdim etilgan edi.

“Olmazorning hokimi Prezidentning dushmani...mi? Rahmonovning sharmandali audioyozuvi tarqaldi” nomli tahliliy maqola e’lon qilingach, hokimlikdagi manbamiz tahririyat bilan bog‘landi. Uning aytishicha, kecha tumanda joylashgan banklar rahbarlari o‘rinbosarlarining Telegram’dagi guruhiga quyidagi mazmundagi xabar yuborilgan.

“Barcha bank rahbarlari o‘rinbosarlari zudlik bilan tuman hokimiyatidagi yig‘ilishga kelishlari kerak. Kelmaganni RUVD bilan olib kelamiz”.

Ayblanuvchi va sudlanuvilarning “pobeg”ga chiqib ketishi oldini olishning yangi yo‘li topildi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishga oid norma kiritildi.

Ya’ni, endilikda qidiruvdagi ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport (harakatlanish hujjati)dan foydalanib chet elga chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin deb hisoblansa, mazkur pasport (harakatlanish hujjati)ning amal qilishi sud tartibida to‘xtatib turilishi mumkin.

Tarixiy faktlar Karimovning 2 sentyabrda emas, 28 avgust kuni vafot etganini tasdiqlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etgani xabar qilingan. U 3 sentyabr kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand zaminiga dafn etilgan edi. 

Marhum Karimovning vafot etgani 2 sentyabr kuni e’lon qilinganiga qaramay, tarixiy hujjatlar va uni davolash jarayonida ishtirok etgan shifokorlar sobiq davlat rahbari aslida 28 avgust kuni olamdan ko‘z yumganini tasdiqlaydi. 

Yuridik universitetning sobiq rektori yangi lavozimga tayinlandi

Avvalroq, Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining bugun, 29 avgustdagi buyrug‘i bilan Yesemurat Kanyazov Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing