“Arqadag‘” “o‘ldirilgan kunlari”ni qanday o‘tkazdi?
Olam
−
29 iyul 2019
17271Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalganda bir necha kun davomida miq etmagan, raddiya e’lon qilmagan mahalliy OAV endi Prezidentning tirikligi, o‘tgan vaqt ichida u nimalar bilan shug‘ullanganini ko‘z-ko‘z qilish bilan ovora bo‘lib qolgan.
O‘tgan hafta davlat rahbarining tirikligini tasdiqlab, uning poytaxt Ashxobodda qurilayotgan “Ashkhabad city” loyihasi bilan tanishganini ko‘rsatgan “Altyn Asyr” telekanali endi Turkmanboshi ta’tilga chiqqanda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganini namoyish etmoqda.
Telekanal tarqatgan videoda qayd etilishicha, Prezident Berdimuhamedov ta’til davomida o‘zining 11-kitobini yozishni tugatgan. Kitob “Turmanistonning shifobahsh o‘simliklari” deb nomlanadi. Kadrda esa sochi oq bosgan Berdimuhamedovning giyohlar to‘la stol ustida ishlab o‘tirgani, allanimalarni yozayotgani tasvirlangan. Shuningdek, u kitobyu ustida ishlash bilan birga o‘zi kuylayotgan qo‘shiqlarni tinglab, hordiq chiqargan.
Qolaversa, Prezident davlat ishi va boshqa tashvishlarni chetga surib, nabiralari va hovlisidagi mushuklavr bilan o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 iyul kuni Turkmaniston Respublikasining amaldagi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 5 iyuldan buyon omma qarshisida ko‘rinish bermayotgan davlat rahbari 24 iyul kuni mahalliy “Altyn Asyr” telekanalida ko‘rsatilgan.
15 kundan buyon uning yo‘qligi va 15 iyul kuni ta’tilga chiqqani uning o‘limi haqida xabarlarni keltirib chiqargandi.
OAVda Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga asoslanib tarqatilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, ushbu xabar tasdig‘ini topmadi. Rubayev turkman xalqidan uzr so‘radi.
Bu orada Berdimuhamedov haqida yangi ma’lumotlar ham tarqatildi. Unda qayd etilishicha, Turkmanboshi 20-21 iyul kunlari koma holatida bo‘lgan. 22 iyul kuni esa ahvoli yaxshilana boshlagan.
25 iyuldan mamlakatda Prezidentning vafoti haqidagi mish-mishlar bo‘yicha ishlar boshlangan. Ashxobod va hududiy kuch tuzilmalari kuchaytirilgan tartibda ishlay boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Lebop viloyatida mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqaruvchi mish-mishlar tarqatishda ayblangan 3 kishi qo‘lga olingan.
LiveBarchasi