Rossiyaning “Cputnik V” vaksinasi namunalari O‘zbekistonga olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 4 dekabr kuni Toshkentga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Cputnik V” vaksinasi namunalari olib kelindi. Namunalarni Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan yetkazdi.

Vazirlikning ma’lum qilishcha, qimmatli yukni Toshkentda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev qabul qilib olgan.

Namunalar O‘zbekistonga ro‘yxatdan o‘tkazish oldidan tegishli sinovlarni olib borish va mamlakatda vaksina ishlab chiqarishga start berish uchun taqdim etilgan.

“Sputnik V vaksinasi samaradorligi ko‘rsatkichi – 95 foizdan yuqori. Ular Rossiyada 40 ming ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazilgan keng qamrovli klinik sinovlarda aniqlangan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda Rossiya bilan hamkorlikda qurilgan metallurgiya zavodi ochiladi. Uning ochilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi. Rossiya vaziri ham ushbu zavod ochilishida qatnashishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi Cputnik V

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing