Hukumatdagi o‘zgarishlar, mukofotlangan hokimbuvalar, qamoqdan chiqqan muxolifatchi va boshqa xabarlar

Jamiyat

Prezident Administratsiyasi va Hukumatdagi o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Sherzod Qudbiyev Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Qahramon Qo‘chqorovich Quronboyev Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan Umar Sapayevich Ismoilov Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

23 yoshidayoq Prezident Mirziyoyevning nazariga tushib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Alisher Sa’dullayev Qahramon Quronboyevdan bo‘shagan o‘rinni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisligini egalladi.

Gruziyada 3 yashar bolaga hujum qilishdi

Tbilisi markazida ota-onasi va ukasi bilan ko‘chada ketayotgan uch yoshli bolaga ayol kishi pichoq bilan hujum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolavhadan ma’lum bo‘lishicha, noma’lum ayol shaharning Pekin ko‘chasida ota-onasi bilan ketayotgan bolaga yaqinlashgan va sumkasidan pichoqni olib, yuziga bir necha marta urgan. 

Farg‘onaning vallomatidan tortib Andijonning “shirinsuxan” hokimigacha Prezidentdan mukofot oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur farmon bilan qator viloyati, shahar va tuman hokimlari ham mukofotlandi. 

Samarqanddagi avtosalon mijozga yirik miqdorda penya to‘laydi

Samarqandlik Sohibjon Damas sotib olish maqsadida “Samarqand avtosavdo” MCHJga kelib shartnoma tuzib, 62 million 812 ming so‘m to‘laydi.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, hash-pash deguncha aytilgan muddat yetib keldi. Xabar berishar, chaqirishar deb o‘ylagandi. Negadir hech kim xabar bermadi. Avtosalonga qatnayverib, salkam ikki oyni ham o‘tkazib yubordi, biroq mashinadan darak bo‘lavermadi. Oxir-oqibat yaqinlarining maslahati bilan O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 10-91 ishonch telefoniga murojaat qildi.

Har oiladan bir kishi paxta teradi

Turkmaniston Qishloq va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Maqtamg‘uli Bayramdurdiyev bu yil barcha kuchlarni sarflash va paxta terish rejasini amalga oshirish kerakligi, keyin esa bug‘doy ekishga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi to‘g‘risida bayonot berdi. 

Dubayga uchgan samolyot nosozlik sabab Toshkentga qaytdi

Avvalroq, FlyDubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchgan samolyoti texnik nosozlik sabab ortga qaytgani haqida xabar bergan edik.

FlyDubai kompaniyasi nosozlik sabab ortga qaytgan samolyot va uning yo‘lovchilari haqida QALAMPIR.UZ`ga quyidagilarni ma’lum qildi.

Prezident Sodiq Safoyevni ham mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 29 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu farmonga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Solixovich Safoyev “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. 

Qirg‘izistonda muxolifat lideri qamoqdan chiqdi

Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi korrupsiya va pora olgani uchun 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan muxolifatchi siyosatchi Omurbek Tekebayevni hibsdan ozod qildi.

Qirg‘izistonning taniqli siyosatchilaridan biri, "Ota Makon" sotsialistik partiyasining muxolifatdagi parlament fraksiyasining yetakchisi Tekebayev 2017 yil fevral oyida Bishkekdagi aeroportda YeXHT Parlament assambleyasining Venadagi sessiyasidan qaytayotganda hibsga olingan. 

O‘zbekistonning davlat qarzi qanchaligi ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 18,48 млрддолларни tashkil etdi. Bu mamlakat YAIMning 23,5 foiziga teng. Bu haqda Moliya vazirligi vakili “Davlat qarzini samarali boshqarish” mavzusida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

“Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona” a’zosi Lionel Messi bilan raqobatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Bir vaqtda tugatamizmi? U mendan ikki yoshga kichik. Ammo men yoshimga nisbatan ham yaxshiroq ko‘rinaman. Bundan tashqari men bu yerdan kelasi yil ham 2-3 yildan keyin ham bo‘lishni rejalashtirganman. Meni yoqtirmaydiganlar hali ko‘p bora kaminani ko‘rishiga to‘g‘ri keladi”, dedi Ronaldu.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing