Hindistonlik xakerlar Isroil tomonida HAMASga qarshi kiber urushni boshladi

Olam

image

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi to‘qnashuv haqiqiy kiber urushni keltirib chiqardi. Bunda dunyoning turli burchaklaridan yig‘ilgan xakerlik guruhlari har ikki tomonda turib kurashmoqda. Bu haqda DNA gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hind xakerlari Isroil tomoniga o‘tib, Falastin veb-saytlariga hujum qilmoqda. Bildirilishicha, xakerlar Falastin milliy banki va Milliy telekommunikatsiya kompaniyasi saytlariga hujum qilgan. 

"Hindistonlik xakerlar guruhning rasmiy veb-saytini buzish va yopish orqali HAMASni nishonga olishga qaror qildi. Ular Falastin bilan kiber urushga kirishdi", deb yozadi gazeta.

O‘z navbatida, “Times Now” telekanalining da’vo qilishicha, Mysterious Team Bangladesh, Anonymous Sudan va Team Insane Pakistan kabi xakerlik guruhlari OPISRAEL va OpIsraelV2 nomlari ostida Isroilga qarshi qo‘shma operatsiyalarni boshlab, Yaqin Sharqdagi keskinlikni tarmoqqa ko‘chirganidan keyin hind xakerlari Falastin saytlariga hujumni boshlagan. 

Ommaviy axborot vositalari hozircha hind xakerlik guruhlarini nomlagani yo‘q, biroq ular ba’zi kiberhujumlarda muvaffaqiyat qozonganini bildirmoqda. Shu bilan birga, “Times Now” nashrining qayd etishicha, Isroilda kompyuter hujumlaridan himoya qilish uchun zamonaviy tizimlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro qurbonlari soni 1100 ga yaqinlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing