“Har kallada har xayol”. Netanyaxu AQSH va arab yetakchilarining taklifini rad etdi

Olam

image
Blinken Yaqin Sharq davlatlarining G‘azoga sarmoya kiritishi shartini aytdi  north_east

Blinken Yaqin Sharq davlatlarining G‘azoga sarmoya kiritishi shartini aytdi 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharqqa safari chog‘ida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azo sektoridagi operatsiyani yakunlashga ko‘ndira olmadi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar arab davlatlari bilan hamkorlikda ish olib borish orqali Isroil-Falastin mojarosini hal qilishga intilmoqda. Shu maqsadda, Blinken o‘zining Yaqin Sharqqa safari chog‘ida Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Iordaniyadan harbiy harakatlar tugaganidan so‘ng G‘azo sektorini qayta tiklashga yordam berishlari haqida kafolat olgan. 

"Ammo Isroil Bosh vaziri Falastin davlatini yaratish majburiyatini zimmasiga olishdan bosh tortdi. Shu tariqa AQSH tomonidan mojaroga chek qo‘yish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja to‘xtab qoldi. Blinken arablar ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi, biroq Netanyaxuni ishontira olmadi", deyiladi xabarda. 

Manbada ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar hali ham Yaqin Sharqdagi keskinlashuvning oldini olishga harakat qilmoqda, ammo "bu tobora qiyinlashib bormoqda". 

"Isroil 2023 yil 7 oktyabrda sodir bo‘lgan dahshatli terakt takrorlanishining oldini olish uchun HAMASning hal qiluvchi mag‘lubiyatini istaydi. Biroq, hujum sodir bo‘lganidan beri uch oy o‘tgan bo‘lsa ham, urushning oxiri ko‘rinmayapti", deyiladi maqolada. 

Taxminlarga ko‘ra, Isroil qo‘shinlarining G‘azodan olib chiqilishi yanvar oyi oxiri yoki fevral oyi boshida tugashi mumkin. Shundan so‘ng Isroil qo‘shinlarining to‘rtdan bir qismidan ortig‘i anklavda qolmaydi. 

Aytilishicha, yahudiy davlati G‘azo sektorining Falastin davlati rahbarligida bo‘lishiga rozi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga, Isroil hukumati anklavning ma’lum hududlarini mahalliy Falastin hukumati nazorati ostiga o‘tkazmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida TurkiyaGretsiyaIordaniyaQatarBAA, Saudiya Arabistoni, Isroil, Falastin va Bahraynda bo‘lgandi. Uning Yaqin Sharqqa safari Misrga tashrif bilan yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Falastin Isroil G'azo Bin'yamin Netan'yaxu Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing