HAMAS garovdagi 6 kishi va 4 jasadni Isroilga qaytaradi
Olam
−
19 fevral
2868HAMAS harakati bir hafta ichida garovdagi olti kishini ozod qilishini va yana to‘rt nafar halok bo‘lgan asirning jasadini Isroilga topshirishini ma’lum qildi. Bu haqda kecha, 18 fevral kuni guruh bayonotiga tayanib, AFP xabar berdi.
Isroil tomoni ham bu ma’lumotni tasdiqladi.
HAMAS bayonotiga ko‘ra, o‘lganlarning jasadlari 20 fevral kuni Isroil tomoniga topshiriladi, 22 fevral esa harakat yana olti nafar tirik garovga olinganlarni ozod qilishga va’da bermoqda.
“The Jerusalem Post” ularning nomlarini e’lon qildi: Omer Venkert, Eliy Koen, Avraam Mengisto, Tal Shoxam, Omer Shem Tov va Xisham al-Sayed. Ularning yaqinlari bu haqida xabardor qilingan.
“Ulardan to‘rt nafari 2023 yil 7 oktyabrdan beri asirlikda. Ikki kishi G‘azoda qariyb 10 yildan beri asir qolmoqda”, deb yozadi “The Jerusalem Post”.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 16 yanvar kuni Isroil, HAMAS, AQSH va Qatar vakillari Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi. Kelishuv 19 yanvar kuni kechqurun kuchga kirdi va HAMAS uch nafar shaxsdan iborat birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan. 25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi. 1 fevral kuni HAMAS garovdagi 3 nafar isroillikni,Isroil esa 83 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Shuningdek, 8 fevral kuni HAMAS garovga olinganlarni almashish bo‘yicha kelishuvning beshinchi bosqichi doirasida Qizil Xochga uch nafar garovga olingan isroillikni topshirdi. Isroil esa HAMAS 183 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


