HAMAS garovdagi 3 isroillikni ozod qildi (video)

Olam

image

Bugun, 1 fevral kuni Falastinning HAMAS harakati uch isroillik garovga olingan fuqaroni Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lum qildi. 

“Qizil Xochdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 3 nafar garovga olingan isroilliklar tashkilotga topshirilgan”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, ayirboshlash turli xil joyda amalga oshiriladi. Ozod qilinganlar 35 yoshli Isroil fuqarosi Yarden Bibas, Fransiya va Isroil fuqarosi Ofer Kalderon hamda Amerika-Isroil fuqaroligiga ega 65 yoshli Kit Sigeldir. 

Shuningdek, Isroil ham bugun, 1 fevral kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining birinchi bosqichi doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni, jumladan, to‘qqiz nafar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni ozod qilishi kerak. 

Ma’lumot uchun, Isroil, Falastinning HAMAS harakati, AQSH va Qatar vakillari 16 yanvar kuni kechqurun Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzoladi. 19 yanvar kuni kechqurun HAMAS birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Ular uch nafar shaxsdan iborat bo‘lgan. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan. 25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 30 yanvar kuni Isroil hukumati garovga olingan falastinlik mahbuslarni ozod qilishni qisqa muddatga kechiktirgandi. Dastlab, isroillik garovga olinganlar xavfsiz chiqib ketishi kafolatlanmaguncha, falastinlik mahbuslar ozod qilinmasligi aytildi. Ammo, biroz vaqt o‘tgach, HAMAS harakati garovga olingan uch nafar isroillik va besh nafar Tailand fuqarosini G‘azodagi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirgandi. Shundan so‘ng, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida Isroil qamoqxonalaridan 110 nafar falastinlik mahbus ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing