“Jasliq” atrofidagi gap-so‘zlar, DBQdagi o‘zgarishlar, kelisholmayotgan vazirliklar xodimlari va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
06 avgust 2019
65926 avgust sanasi O‘zbekistonda va xalqaro maydonda turli voqealarga boy bo‘ldi. Quyida bugunning eng muhim voqealariga to‘xtalib o‘tamiz.
Vodiyda uzilishlar bo‘lmaydi
Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushirildi. Mazkur issiqlik elektr stansiyasi hozirda sinov rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, noyabr oyidan to‘liq ishga tushiriladi. Ikkinchi qurilma 2019 yilning noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Yaponiya esladi hamda Putin va Trampni chaqiradi
Yaponiya atom bombasi qurbonlarini eslaydi: bundan 74 yil oldin Xirosima shahriga 13 dan 18 kilotonnagacha sig‘imli “chaqaloq” bomba tashlangan edi. 140 ming odam, asosan tinch fuqarolar halok bo‘ldi. Xirosima shahri bombardimon qilganidan uch kun o‘tgach, amerikaliklar Nagasakiga bomba tashladi, natijada yana 74 ming kishi halok bo‘ldi.
4 mingga yaqin bola bedarak yo‘qolgan. 400 tasi haligacha topilmadi
Buxarest markazida shamlar, o‘yinchoqlar, eslatmalar va fotosuratlar yonmoqda. Bularning barchasi, yo‘lovchilarga iyul oyining oxirida Ruminiya janubidagi Karakal shahrida zo‘rlangan va o‘ldirilgan ruminiyalik maktab o‘quvchisi bo‘lgan 15 yoshli Aleksandrani eslatadi. Bir hafta oldin ushbu maydon gavjum ko‘rinardi. Ruminiyada amaldorlarni beparvolik, korrupsiya ayblab, hukumatning harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bu yerga minglab odamlar to‘plandi.
O‘zbekistondagi telekanallarda 5 avgustdan xorij seriallariga cheklov o‘rnatildi
O‘zbekistondagi barcha telekanallarda yangi tartib joriy etilayotgani, unga ko‘ra, telekanallar xorij seriallarini kuniga bir mahaldan ortiq namoyish etishiga nisbatan taqiq qo‘yilayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu qoida kecha, 5 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi va barcha telekanallarga bir sutkada bor-yo‘g‘i 1,5 soat xorij serialini namoyish etish huquqi berildi.
5 avgustdan e’tiboran, mamlakatdagi eng tomoshabinbop telekanallar “Sevimli”, “Zo`r”, “Milliy” telekanallarining efir dasturiga o‘zgartirish kiritilgan. “Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Yig‘lama, ona”, “Ayol”, “Chuqur”, “So‘yla... Qora dengiz” nomli turk seriallari olib tashlangan. Faqatgina “Fazilat xonim va qizlari” seriali efirda qoldirilgan.
Maktab o‘quvchisi ikki tengqurini pichoqladi
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi. Kecha, 5 avgust kuni Bekobodda yashovchi 9-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli I.A. Bekobod tumani “Navoiy” MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida “Shova” mahallasida yashovchi, 40-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli D.T.ning qorin qismiga pichoq bilan zarba bergan. I.A. ularni ajratmoqchi bo‘lgan, Bekobod shahri Beruniy ko‘chasida yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 15 yoshli D.A.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
2 haftada 4 ta raketa uchirildi
KXDR o‘ziga qarshi bo‘lgan AQSH va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy mashqlariga javoban yangi zarbalarni amalga oshirdi. Bugun, 6 avgust kuni ertalab KXDR hududidan ikkita noma’lum raketa uchirilgan, dedi Janubiy Koreyaning qo‘shma shtab boshlig‘i.
Hayit namozi vaqtlari bilan tanishing
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik. Qarorga muvofiq O‘zbekistonda Qurbon hayiti 11 avgust kuni nishonlanishi belgilandi va tegishli idoralarga bayramni munosib o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
11 avgust kuni O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
Jasliqdagi qamoqxonaning yopilishiga qarshilar bor!
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘iroq tumani Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi ham uzoq kutilgan, ham kutilmagan voqea bo‘ldi. Uzoq kutilganiki, bu koloniya xalqaro hamjamiyatda doimiy ravishda tanqid qilinar, unda mahbuslar qiynoqlarga solinishi og‘izda yurardi. Xalq orasida “borsa kelmas” deb nom olgan bu koloniyani yopish nega kerak bo‘lib qoldi? Islohotlar zamirida mahbuslarga sharoit yaratish, inson huquqlarini tiklash yotibdimi yoki shunchaki O‘zbekistonning dunyodagi imijini tiklash, tavqi la’natdan qutulish? Kecha, 5 avgust kuni Milliy matbuot markazida o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom Odilovga shu savol bilan murojaat qilganlar.
Salimboyga atab qo‘shiq aytgan xonanda vafot etdi
Joriy yilning 4 avgust kuni sobiq ittifoq mamlakatlarida taniqli bo‘lgan rossiyalik qo‘shiqchi va bastakor Villi Tokarev 84 yoshida vafot etdi. Tokarev umri oxirida ongologik xastalik bilan og‘rigani aytilmoqda.
O‘zbekistonda IIV va Mudofaa vazirligi xodimlari kelishmaydimi? (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimi va harbiylar o‘rtasidagi bahs aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi avtoturargohlardan birida bo‘lgani aytilyapti.
Videoda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi bir guruh harbiylari tuman IIB xodimiga bosim o‘tkazib, shaharda xizmat formasida yurish mumkin emasligini uqtirishga urinayotganini ko‘rish mumkin.
Prezident ikki hudud bojxona boshqarmasi rahbarlarini almashtirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Yana bir davlat mustaqil bo‘lmoqchi
Shotlandiya saylovchilari agar referendum o‘tkazilsa, Buyuk Britaniyadan mustaqillik uchun ovoz beradi. Buni biznesmen va siyosatchi Maykl Eshkroftning so‘rov natijalari tasdiqladi. So‘rovda qatnashgan 1ming 19 saylovchining 46 foizi mustaqillik uchun ovoz berishini, 43 foizi esa qarshi chiqishini bildirgan. Agar ular ovoz berishlarini bilmaganlarini aytganlarni hisobga olmasangiz, bu saylovchilarning 52 foizi Shotlandiya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlayotganini anglatadi.
Jasliqdagi qamoqxonada necha kishi vafot etgan?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2 avgustda imzolagan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarori bilan faoliyati tugatilgan Jasliq koloniyasida 20 yil davomida qancha mahbus vafot etgan. Bu haqdagi savol bilan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom Odilovga yuzlanildi.
LiveBarchasi