Andijonda bog‘cha opa bolalarni bo‘ralab so‘kdi (video)

Jamiyat

image

Andijon viloyatidagi xususiy bog‘chalardan birida tarbiyachi bolalarni haqoratladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bolalar stol atrofida o‘tirganini va tarbiyachi ularni so‘kayotganini ko‘rish mumkin. Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat Andjon tumani “Daryobo‘yi” MFYda joylashgan “O Marziya” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan.

Ushbu holatda muassasa tarbiyachisi M.Y. bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lgan va odob-ahloq qoidalariga zid bo‘lgan so‘zlarni aytgan.

Bildirilishicha, ushbu jarayonda pedagogik etika qoidalariga zid harakatni sodir etganligi uchun M.Y. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Hozirda holatga huquqiy baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi bog‘chalarning birida tarbiyachi bolaning og‘ziga latta tiqib, qiynagani va keyinroq mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu hodisa ortidan “Rayyan Kids Land” bog‘chasining faoliyati to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing