Zilzila fonida Suriyadan Turkiyaga yana qochoqlar yopirilyaptimi?

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li epimarkazi Turkiyaning Qahramoshmarash shahri bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatlari fonida Suriyadan Turkiyaga qochqinlar yopirilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Anadolu” yozmoqda.

Anqarada liviyalik hamkasbi Najla Mangush bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida Chavusho‘g‘li keng ko‘lamli falokat oldida dunyo hamjamiyati nafaqat Turkiya xalqiga, balki Suriyaga ham yordam berishga intilayotganini aytgan. 

“Suriyaliklar ham inson. Turkiya Suriya hududiga yordam yetkazib berish uchun havo hududini ochdi. Ayni paytda Turkiyadagi chegara punkti orqali Suriyaga uzoq yillardan beri insonparvarlik yordamlari kelayapti. Yo‘llar va ko‘priklar ta’mirlanar ekan, nazorat-o‘tkazish punkti orqali BMT yordamini yetkazuvchi yuk mashinalari soni ortib bormoqda”, deydi Turkiya vaziri. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara o‘zining xalqaro hamkorlari va BMTga Suriya xalqiga yordam berish uchun yana ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ochishga tayyorligini ma’lum qilgan. 

“Nazorat-o‘tkazish punkti ishlayotgani suriyaliklarning Turkiya hududiga ommaviy oqimini anglatmaydi. Ayni paytda falokat zonasi aholisiga yordam berish ustuvor vazifadir”, deydi Turkiya vaziri. 

Shu bilan birga, u Turkiya Suriyaning YPG terrorchilari (PKKning Suriya qanoti) nazoratidagi hududlari bilan chegara punktlarini ochmasligini ta’kidladi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Sharqiy O‘rtayer dengizi byurosi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Rik Brennanning ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyada zilzila oqibatida 8,5 ming odam halok bo‘ldi, 10 mingga yaqin kishi jarohatlandi.

Kecha, 12 fevral kuni Hindiston zilziladan jabr ko‘rgan Suriyaga 23 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazib berdi.

Yevropa Ittifoqi va G‘arb davlatlari esa zilziladan so‘ng Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatishdan bosh tortdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mavlud Chavusho'g'li Turkiyadagi zilzila Suriyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing