Qilichdoro‘g‘lining Rossiyaga ayblovlari sabab Turkiyada rus sayyohlari kamaydi – Chavusho‘g‘li

Olam

image

Rossiyaga qarshi bayonotlar orqali G‘arbni xursand qilmoqchi bo‘lgan alohida muxolif siyosatchilarning gaplaridagi populizm mamlakatimizga zarar yetkazmoqda. Bunday bayonotlar zararini fermerlar, turizm sohasi va eksportchilar his qilmoqda. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Antaliyada muxolifatdan prezidentlikka nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘lining Moskvaga qarshi cheklov rejimini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi haqidagi bayonotlariga izoh berayotib aytib o‘tdi.

“Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar Turkiyaga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Antaliya aholisiga qanday foyda keltiradi? Rossiyaga qarshi va’da berganlar turizm va eksportchilar haqida o‘ylayaptimi? Ba’zida odamlar menga savol berishadi: tashqi siyosat oddiy fuqarolarga qanday ta’sir qiladi? Aniq bir misol bor”, deydi Chavusho‘g‘li. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, [Qilichdoro‘g‘lining Rossiyaga qarshi bayonotlari tufayli] bugun Rossiyadan sayyohlar oqimi kamaygan, ularning bir qismi saylovlarning ikkinchi bosqichidan keyingi davrga Turkiyada dam olish rejalarini kechiktirmoqda. 

“Don yo‘lagi” mavzusiga to‘xtalgan Chavusho‘g‘li, davom etayotgan urush va dengiz minalari tufayli 6 ta turk yuk kemasi o‘z vataniga qayta olmaganiga diqqat qaratdi. 

“Bir kun avval rossiyalik hamkasbim Sergey Lavrovga bu haqda qo‘ng‘iroq qildim. Rossiya tomoni turk kemalarining Nikolayev va Olbiya portlaridan o‘tishi masalasida qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Ukrainalik do‘stlardan ham xuddi shunday munosabatni kutamiz”, deydi turk vaziri.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kamol Qilichdoro‘g‘li Rossiyani Turkiyadagi prezidentlik saylovi arafasida ijtimoiy tarmoqlarda soxta materiallar tarqatganlikda, shuningdek, saylov jarayonlariga aralashuvda ayblagandi. Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa uning ayblovini qat’iyan rad etib, bunday ma’lumotlar yolg‘onchilar tomonidan tarqatilayotganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Mavlud Chavusho'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing